Bolalarga Tushunarli Islom
Sardor Nabievich
© Sardor Nabievich, 2021
Created with Ridero smart publishing system
Mehribon va Rahmdil Alloh nomi bilan!
Aziz bolajonlar!
Albatta, siz Alloh haqida kattalardan eshitgansiz va siz musulmon ekanligingizni bilasiz. Yer yuzidagi birinchi odamning ismini bilasizmi? Farishtalar kimliginichi? Ibodat qilishni ham bilasizmi?
Ushbu rang-barang kitobda siz koplab savollarga javob topasiz, Xudoning paygambarlari haqidagi qiziqarli hikoyalarni oqiysiz, shuningdek, siz kabi dinimiz Islom haqida iloji boricha koproq ma`lumot olishga intilgan kichkintoylar Oysha va uning akasi Abdulloh bilan tanishasiz.
Bundan tashqari, ushbu kitobda Qurondan bir nechta kichik suralar keltirilgan bolib, siz ularni mustaqil, yoki ota-onangiz bilan organishingiz mumkin. Quron Allohning kalomidir, shuning uchun kitob bilan ehtiyotkorona munosabatda bo`ling, yirtmang va sahifalarini iflos qilmang, kitobni nopok joylarga qoymang.
Rasmlarni korib chiqayotganda paygambarlar yoki farishtalarning suratlarini izlamang, chunki ularni tasvirlash Alloh tomonidan taqiqlangan. Umid qilamizki, bu kitob siz uchun yaxshi dost va oqituvchi boladi hamda chin musulmon bolishingizga yordam beradi. Alloh sizni o`z panohida saqlasin!
Qadrli Ota onalar!
Qolingizdagi ushbu kitob musulmon farzandlarni, rasullar sayyidining hidoyati asosida tarbiya qilishga moljallangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Paygambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Har bir bola tabiatan musulmon bolib tugiladi va faqat ota-onasi uni yahudiy, nasroniy yoki olovga siginuvchi qiladi»(Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Yodingizda bolsin, Alloh farzandlaringiz tarbiyasini sizga ishonib topshirdi. Bu sizning U bilan kelishuvingizdir (amanat). Shuning uchun, bolalarga ularning dinlari haqida malumot berish imkoniyatini boy bermang. Ushbu kitob, albatta, sizga yordam beradi. Uni bolalarga ovoz chiqarib oqing, rasmlarni birgalikda korib chiqing, oqiganingizdan keyin savollar bering. Bolalar bu kitobning qahramonlari bilan birga ibodat va Quronni organsin, lekin unutmangki, siz ular uchun eng yaxshi namunasiz. Islomning barcha ahkomlari va amrlariga rioya qilishingiz ularni musulmon qilib tarbiyalaydi.
Muhim eslatmalar:
1. Bolalar kitobining matnini soddalashtirish uchun arabcha sozlar va Quron oyatlarining transkripsiyasi rus alifbosining harflari yordamida berildi, bu esa har doim ham arab harflarining togri talaffuziga mos kelmaydi. Masalan, arabchadagi lab-lab tovushi [в] rus tilidagi lab-tish undoshi [в] singari emas, ingliz tilidagi [w] kabi talaffuz etiladi. Shuning uchun, barcha arabcha atamalar va transkripsiyalarda (masalan, vudu, tavof) u [w]: [wudu], [tawof] deb oqilishi kerak.
Istisno tariqasida transkripsiyada h harfi qo`llanilgan bolib, u arab tilidagi harfining tovushini ifoda etadi (ukrain tilidagi [г] yoki ingliz tilidagi [h] tovushiga o`xshash). «Alloh» sozi [Alloh] deb talaffuz qilinishi kerak
2. Paygambarimiz Muhammad (S.A.V) keltirilgan har bir o`rindan keyin biz ananaviy ravishda salovot aytamiz, mazkur kitobda u arabcha ligatura bilan ifodalandan:
Uning o`qilishi quyidagicha: sallalohu alayhi vasallam («Alloh taolo ul zotga oʻzining salavot va salomini nozil etsin).
Boshqa paygambarlarni tilga olingandan song belgisi bor. Uni arab tilida quyidagicha oqiymiz: Alayhis salom (unga salom boʻlsin).
3. Ushbu kitobda suralarning tarifi hanafiy mazhabiga muvofiq berilgan.
Alloh bizning ishimizni qabul aylasin va ushbu kitobni oqigan har bir kishiga yaxshilik keltirsin! Farzandlarimizga go`zal tarbiya berishda uning O`zi qo`llasin, chunki Alloh eng yaxshi oqituvchidir!
Omin
MUHAMMAD (s.a.v)
Mening kichkintoylarim! Bugun siz shukunga qadar yer yuzida yashagan odamlar ichida eng goʻzali bilan tanishasiz! Uning hayotida turfa moʻjizalar va hayajonli voqealar sodir boʻlgan. Bu ajoyib inson juda uzoq vaqt oldin, toʻrtyuz yil avval, Arabiston yarim orolining keng choʻllarida joylashgan Makka shahrida yashagan. Uning ismi Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) dir. Bu zot yetti qavat osmonlarning barchasida boʻldi, u yerda oʻzidan oldin yashagan paygʻambarlar bilan suhbatlashdi. Muhammad (s.a.v) Yaratganning eng goʻzal yaratiqlarini koʻrdi va hatto u bilan muloqot qildi. Oʻsha paytda yashagan odamlar bu insonni sevib, hurmat qildilar va uni Muhammad Al-Amin (Halol Muhammad) deb atadilar.
Xalq unga shunchalar ishonar ediki, hatto unga mol-mulkini omonatga qoldirishga qoʻrqmas, uni oʻz nizolarida hakam sifatida tanlar edilar. Atrofidagi odamlar Alloh unga kichik yoshidanoq gʻamxoʻrlik qilayotganini payqashgan edi. Muhammad (s.a.v) atrofdagilarni xursand qilar va barchaga baxt keltirar edi.
Bu buyuk inson-bizning dinimiz boʻlgan Islom dinining paygʻambaridir, Mehribon Alloh tufayli biz musulmonmiz, Muhammad ibn Abdulloh (s.a.v) esa dunyodagi barcha insonlar orasida eng asosiy va sevikli boʻlgan paygʻambarimizdir. Barchasi uchun Allohga shukr aytaylik, bolajonlar! Endi esa keling, uning murakkab, ammo ajoyib hayoti haqidagi hikoyani tinglaymiz.
Muhammad (s.a.v) otasi Abdulloh bola dunyoga kelishidan avval vafot etgan. Kichkintoy Muhammadning onasi boʻlib, uning ismi Omina edi. Arablarda tugʻilgan chaqaloqlarni choʻlda yashaydigan badaviylarga berib katta qilish an`anasi bor edi. U yerda bolalar sogʻlom va kuchli boʻlib ulgʻayib, toza arab tilini oʻrganar edilar.
Muhammad (s.a.v) ni Halima As-Sadiyya ismli ayol olib ketib, emizib katta qilgan edi. Chaqaloq bu ayolning qoʻlida xotirjam va baxtiyor boʻlib ulgʻayar edi. Oʻz navbatida emizgan ona ham bolani juda yaxshi koʻrar, chunki u bilan birga oilasi va butun Sad qabilasi uchun Allohning marhamati yogʻilgan edi. Bu qabila eng yomon, behosil yerlarda yashar, ularning qoʻylari yaylovlardan och qaytar edilar. Ammo Muhammad (s.a.v) Sad qabilasida yashay boshlagan vaqtdan bu odamlarning qoʻylari yaylovdan toʻyib kelar, koʻp sut bera boshlagan edi. Halima, uning farzandlari, eri va hatto qabilalari ochlik nimaligini unutishdi. Alloh ularga katta nematlar berar edi. Shuning uchun, Muhammad (s.a.v) ikki yoshga toʻlganida, Halima bolani qaytarib berishni istamadi. U onasidan bolani shahar kasalliklaridan uzoqroq joyda- toza havoda qoldirishini soʻradi. Omina bu taklifga rozi boʻldi va bola yana ikki yil davomida emizgan onasining uyida yashadi.
Bir kuni Muhammad (s.a.v) uyining yaqinida bolalar bilan oʻynab yurgan edi. Kattalarningning hech biri ularga yaqin emas edi. Toʻsatdan bolalarning yonida oq libosli erkaklar paydo boʻldi. Ular ikki farishta edi. Ular Muhammad (s.a.v) ni olib, koʻkragini yorib, undan yuragini chiqarib oldilar. Keyin farishtalar yurakdagi qora qon lahtasini chiqarib olib, «yuragingdagi bu parcha shaytondandir» dedilar. Soʻng ular Zamzam bulogʻidan keltirilgan toza va musaffo suv solingan oltin togʻorani olib kelishdi. Farishtalar Muhammad (s.a.v) ning yuragini shu suvda yuvib uni avvalgi joyiga qaytarib qoʻyishdi.
Bolalar farishtalar Muhammad (s.a.v) ning koʻksini yorganini koʻrgach, qoʻrqib qochib ketishdi. Bir necha daqiqadan soʻng, kuchli qoʻrquv oʻtib kechgan, ular shoshilgancha Halimaning yoniga yugurib boradilar va Muhammad (s.a.v) ning oʻldirilganligini aytadilar. Halima bolalar koʻrsatgan joyga qarab yugurdi. Lekin, ajablanarlisi uning emizgan oʻgʻli tirik edi. Faqat uning oqarib ketgan yuzi gʻayrioddiy hodisa roʻy berganligidan dalolat berib turar edi. Shu paytdan boshlab Halima Muhammad (s.a.v) bilan yana nimalardir sodir boʻlishi mumkinligidan qoʻrqib qoldi. U bolani oʻz onasi Ominaga qaytarishga qaror qildi.
Lekin Muhammad (s.a.v) oʻz onasi bilan uzoq yashay olmadi. Olti yoshga kirganida, Omina vafot etdi. Uning oʻlimidan soʻng, yetim Muhammad (s.a.v) ni uning bobosi Abdul Muttalib tarbiyaladi. U nabirasini juda yaxshi koʻrar va unga gʻamxoʻrlik qilar edi. Lekin Muhammad (s.a.v) sakkiz yoshga toʻlganida bobosi ham vafot etdi. Bola oʻz amakisi, otasining ukasi Abu Tolib bilan yashay boshladi.
Abu Tolib yaxshi inson va mehribon amaki edi. U jiyani Muhammad (s.a.v) ni juda yaxshi koʻrar, unga gʻamxoʻrlik qilar va uni hayot qiyinchiliklari va yomon insonlardan himoya qilar edi. Bundan tashqari, Abu Tolib to vafotiga qadar -qirq yildan ziyod vaqt mobaynida yetim Muhammad (s.a.v) ga gʻamxoʻrlik qilib keldi. Ammo amakisi jiyani baxtli yashashi uchun astoydil harakat qilganiga qaramasdan, bola yoshligidan qiyinchilikda yashagan.
Abu Tolib kambagʻal boʻlib, uning koʻplab oʻz bolalari bor edi. Muhammad (s.a.v) amakisi uchun katta oilani boqish nihoyatda qiyin ekanini koʻrib oʻsdi. Bola juda mehribon va halim yurakka ega edi, shuning uchun biroz ulgʻaygach, amakisiga yordam berish uchun ishlashga qaror qildi. Muhammad (s.a.v) Makka atrofida qoʻy podalarini oʻtlata boshladi. Har yili bir oy davomida bola sahroda kun koʻrar edi. Uning atrofida faqat oʻsimliklar, osmon, yulduzlar va oʻzi boqib yurgan qoʻylar bor edi. Ana shunda boʻlajak paygʻambar uzoq vaqt Xudo haqida, uning bunday goʻzal va xilma-xil dunyoni qanday yaratganligi haqida fikr yuritar edi. Choʻlda sovuq boʻlib, bola kechasi sovuq qotar edi. Uning yonida kam yegulik boʻlar va u tez-tez och qolar edi.
Shuning uchun, boʻlajak paygʻambar, yoshligidan kambagʻal odamlar ochlik va sovuqdan qanchalik azob chekayotganligini bilar edi. Biroq biz Muhammad (s.a.v) Abu Tolib bilan yashashni boshlaganidan beri Alloh ularga madad berishini, bu katta oila bir kishi uchun yetarli boʻlmagan oziq-ovqat bilan ham qorinlari toʻya boshlaganligini aytishni unutdik.
Muhammad (s.a.v) oʻn ikki yoshga toʻlganida Abu Tolib oʻz qabiladoshlari- qurayshiylarning savdo karvoni bilan Suriyaga yoʻl oadi. Yosh Muhammad (s.a.v) amakisiga yordam berish va yangi joylarni koʻrishni juda istar edi. Muhammad (s.a.v) Abu Tolibni safarga oʻzi bilan birga olib ketishni soʻray boʻshladi. Amakisi rozi boʻldi.
Savdo karvoni Suriyaga kirib kelishi bilan qurayshiylar Busra qishlogʻi yaqinida dam olish uchun toʻxtadilar. Oʻsha joylarda taniqli rohib Bahira yashar edi. U nihoyatda donishmand inson boʻlib, Iso (s.a.v) paygʻambar oʻrgatgan ilmga amal qilar edi.
Bahira qurayshiylarning qoʻnogʻiga keladi. U savdogarlar bilan uchrashib, ularni oʻzinikida mehmon boʻlib ketishni taklif qildi.
Rohib Bahira qurayshiylarni juda muhim mehmonlar sifatida izzat-ikrom bilan kutib oldi. Keyin u savdo karvoni bilan qoʻshilib kelgan har bir kishini aylanib chiqdi. U kimnidir qidirayotganga oʻxshardi. Toʻsatdan u soʻradi:
Barchangiz keldingizmi?
Bir boladan boshqa hamma shu yerda- deb javib berdi qurayshiylardan biri. Biz uni narsalarga qarab turishi uchun qoldirdik.
Uni ham olib keling, deb aytdi Bahira.
Bir muncha vaqt oʻtgach, Muhammad (s.a.v) ni chaqirgani ketgan odam u bilan qaytib keldi. Rohib unga yaqinlashdi va uni diqqat bilan kuzatdi. Bola Abu Tolibga oʻxshashligini koʻrib, Bahira undan soʻradi:
Bu bola kim?
Bu mening oʻgʻlim, deb javob berdi Abu Tolib.
Bunday boʻlishi mumkin emas! Bahira unga e`tiroz bildirdi. U yetim boʻlishi kerak.
Keyin Abu Tolib shunday dedi:
U akamning oʻgʻli.
Bu hamma insonlar ichida eng sarvaridir. Alloh uni bizning dunyoga yubordi, chunki u odamlarga yordam berishga qaror qildi! U bu bolani oʻz paygʻambari qilib barcha jonzotlariga yuboradi. Bu bola Allohning barcha olamlar uchun yuborgan marhamatidir.
Abu Tolib juda hayron boʻlib, undan soʻradi:
Buni qanday bildingiz?
Va rohib Bahira unga javob berdi:
Ushbu togʻ darasiga kirganingizda, men sizga hamroh boʻlib suzayotgan va oʻz soyasi bilan sizlarni quyoshning jazirama nurlaridan himoya qilib kelayotgan bulutni koʻrdim. Qolaversa, men uning ikki kuragi orasidagi bashorat muhrini topdim (kaptar tuxumicha tugʻma belgi). Bu haqda eng qadimgi Ilohiy yozuvlarda malumotlar bor.
Bahira Abu Tolibga Muhammad (s.a.v) ni uyga qaytarishni maslahat berdi. Rohib yahudiylardan ehtiyot boʻlish kerakligi haqida ogohlantirdi. Chunki agar ular boʻlajak paygʻambarning oyogʻi yerga qadam qoʻyganligini bilsalar, uni oʻldirishga harakat qiladilar. Abu Tolib jiyanini Makkaga qaytarib yubordi
Oradan bir necha yil oʻtdi. Va Muhammad (s.a.v) yigirma besh yoshli yigitga aylandi. Makkada Xadicha ismli boy beva ayol yashar edi. Uning savdosi shunchalar muvaffaqiyatli ediki, hatto butun boshli karvonni ham molga toʻldira olardi. Bir kuni Xadicha Roziallohu anxu «halol Muhammad» deb nom taratgan yosh yigit haqida eshitib qoldi va karvonini kuzatib borish uchun uni yollashga qaror qiladi.
Xadicha Roziallohu anxu juda toʻgʻri tanlov qilgan edi, chunki Muhammad (s.a.v) insofli odam va yaxshi savdogar edi. Bir oz vaqt oʻtgach, garchi Muhammad (s.a.v) dan 15 yosh katta boʻlsa-da, ular Xadicha Roziallohu anxoning taklifi bilan turmush qurdilar. Xadicha Roziallohu anxu uni jasorati va halolligi, mehribonligi va sof axloqi uchun tanlagan edi. Bir muncha vaqt oʻtgach, ular bolali boʻldilar. Muhammad (s.a.v) Xadicha Roziallohu anxu bilan Makkada baxtli va totuv hayot kechirar edilar.
Yillar oʻtib, donishmand Muhammad (s.a.v) Al-Amin oʻz shahri aholisi olib borayotganturmush tarzi haqida tobora koʻproq oʻylay boshladi. Garchi uning ajoyib oilasi va u baxtli hayoti boʻlsa-da, unga javobi topilmas savollar tinchlik bermas edi. Boʻlajak paygʻambar shaharning shovqinidan tez-tez An-Nur togʻida joylashgan sokin gʻorga ketib qolar edi. Bu yerda, Hiro gʻorida, Muhammad (s.a.v) odatda yolgʻiz qolib, sukunatda oʻyga choʻmar edi. «Hayot bunchalar qiziq boʻlmasa», deb oʻylardi u. Avval men kambagʻal bir yetim edim, hozir esa boy insonga aylandim. Mening ajoyib xotinim va farzandlarim bor, men ularni juda yaxshi koʻraman. Lekin butunlay baxtli boʻlishim uchun nimadir yetishmayapti».
Allohning boʻlajak paygʻambari, albatta, unga aynan nima tinchlik bermayotganligini tushunar edi. Uzoq vaqt davomida uni Makkadagi vaziyat tashvishga solar edi: kambagʻallar bu yerda juda nochor edilar. Makkaliklar yetimlarga gʻamxoʻrlik qilmas va bemorlarni ziyorat qilmas edilar. Makkaning aholisi faqat pulga qiziqar edi goʻyo. Va ularning pullari qanchalik koʻp boʻlsa, ular shunchalik koʻproq pul toʻplashni istashar edi! Va eng dahshatlisi, bu odamlar buyuk bobokalonlarimiz, Ibrohim (a.s) paygʻambar va Ismoil (a.s) paygʻambar e`tiqod qilishga chaqirgan yagona Xudoga sajda qilishdan voz kechib, butlarga sigʻina boshladilar. Ular butlar ularni Allohga yaqinlashtirishga yordam beradi, deb oʻylar edilar. Xolbuki, butlar na harakat qilar va na gapira olardilar. Ularning butlari umuman hech narsa qila olmasdi.
Bunday fikrlar Muhammad (s.a.v) ni uzoq vaqtdan beri bezovta qilib yurar edi. U koʻp vaqtini gʻorda oʻtkazardi. Koʻp oʻtmay, boʻlajak paygʻambar tushida koʻrgan voqealari haqiqiy hayotda amalga osha boshlaganini sezdi.
Shunday qilib, Alloh birinchi marta unga Vahiy yuborgan vaqt ham yetib keldi. Bu Ramazon deb nomlangan oyda sodir boʻldi. Bu payt Muhammad (s.a.v) qirq yoshda edi.
Bir kuni, odatdagidek, u Hiro gʻorida oʻyga choʻmib oʻtirganida, uning yonida toʻsatdan Farishta Jabroil paydo boʻldi.