Jannat biz tasavvur qiladigan barcha joylarning eng chiroylisidir. Jannatda issiq, sovuq, charchoq, kasallik yoq. Odam Ato va Momo Havvo u yerda hech qachon ochlik yoki tashnalikni sezmaganlar. Bu butun koinotdagi eng gozal joydir. Hech qachon va hech qayerda bundanda go`zalroq go`sha bo`lmagan, bo`lmaydi ham.
Bir kuni Iblis odamning yoniga kelib, uni Allohga taqiqlagan daraxtlardan birining mevasini yeyishga ishontira boshladi. Iblis hatto ularga yaxshilik qilishni xohlayotganini aytib, Allohga qasam ichadi. Odam Ato Alloh unga bu daraxtga yaqinlashishni ma`n qilganini yaxshi eslar edi. Birinchi odam o`z Yaratuvchisini sevar va itoatsizlikdan qorqardi. Shuning uchun u ayyor Iblisning aldovlariga etibor bermadi. Biroq, shayton Odam (a.s) ni tinch qo`yishni istamasdi. U odam ham xatoga yol qoyishini va u kabi dozaxga tushishini xohladi. Yovuz jin Odam Atoni avrashda davom etdi, agar Odam (a.s) taqiqlangan daraxtning mevasini yeb korsa, u farishtalar kabi abadiy yashay oladi.
Vaqt otishi bilan, Odam Ato Iblisning sozlariga ishondi va ular Havvo bilan taqiqni buzdilar hamda taqiqlangan daraxtning mevasini tatib ko`rdilar. Biroq, tez orada ular Allohning amriga boysunmagani va itoatsizlik qilganlariga pushaymon boldilar. Odam Ato va Havva darhol Parvardigordan kechirim sorashdi. Rahmdil Rabbimiz esa ularni kechirdi, chunki U karami keng zotdir. Shundan keyin Alloh Odam Ato va uning xotinini Yerga yubordi, ular yaxshi amallarni qilishlari hamda Alloh amrini bajarishlari kerak edi. Bundan tashqari, yerda ularga
Jannatda bolgani kabi, hamma narsa muhayyo emas edi, balki ular o`z mehnatlari bilan yegulik topishlari lozim edi. Ammo ular Allohga sodiqligini isbotlasalar, ularni Jannatga qaytarishga vada berdi.
Va Alloh ozining birinchi paygambari deb Odam Atoni tayinladi. Undan keyin Parvardigor dunyoga koplab boshqa paygambarlar va elchilarni yubordi. Ularning sozlarini tinglaydigan va yaxshi amallar qilgan odamlar olimidan keyin Jannatga tushadilar. Va ularning ogohlantirishlarini etiborsiz qoldirib, yomon amallar qiladiganlar dozaxga tushadilar.
Odam Ato va uning ayoli yerga tushishdi. Va hayot oz navbatida davom eta boshladi. Alloh ulardan mamnun edi. Mehribon Robbimiz ular iste`mol qilishi mumkin bolgan rizq ato etdi va ularni yer yuzida yashashga orgatdi. Alloh Odam Atoni yaratganida, u sayyoramizda mavjud bolgan hamma bilimlarni unga ayon qilgi. Alloh Odam Atoga daraxt, temir, olovdan foydalanish va boshqa koplab narsalarni orgatdi.
Masalan, u tosh va yogochdan olov olish yoki pichoq yashash haqidagi bilimlarni ato qildi. Shu tariqa birinchi odamlar yer yuzida mehnat qila boshladilar, xuddi sizning ota-onangiz ishlagani kabi. Bu yerda Odam Ato va Havvo bolalari va ularning farzandlarini tarbiyaladilar. Shu tariqa, yer yuzida odamlar ko`paydi. Bir avlod boshqasiga almashdi. Alloh o`z paygambarlarini barcha avlodlarga jonatar edi. Barcha paygambarlar odamlarga «Faqat bitta Xudoga ibodat qiling! U sizning iste`mol qilishingiz uchun osimliklar va hayvonlarni yaratdi. Yaratgan eganga shukr qiling va doim ezgu amallarni qiling» deb nasihat qilar edi.
Nuh (a.s)
Odam ato va Havvo yer yuzida yashay boshlaganiga yuzlab yoki hatto minglab yillar otgach, ularning avlodlari yagona Allohga ibodat qilishlari kerakligini unutdilar. Ular vafot etgan solihlarni hurmat qila boshladilar va oxir-oqibat ularni o`z xudolariga aylantirdilar. Faqatgina Nuh ismli bir kishi va uning oilasi yagona Allohga sodiq qoldi. Va Robbimiz uni odamlarga paygambar va elchi qilib sayladi.
Nuh (a.s) oz xalqiga quyidagilarni aytar edi:
Allohga sajda qiling, undan qorqing va menga itoat qiling!
Lekin odamlar unga quloq solmadilar. Nuh ular Rabbiyga itoat qilmasalar, ularga yuborilajak dahshatli jazo haqida ogohlantirdi. Faqat bir nechta kambagallar Nuhga ishondilar va unga qoshildilar. Qolgan odamlar uning yuziga qarab kular edilar:
Sen biz kabi oddiy insonsan Sening yolgonchi ekanligingni bilamiz! Agar mana bu kambag`allarni quvib solsang, ehtimol senga quloq solarmiz!
Men sizdan hech qanday mukofot soramayman! dedi ularga payg`ambar (a.s) Men sizni mamnun qilish uchun kambagallar va zaiflarni hamquvmayman.
Agar sen haqiqatni so`zlayotgan bo`lsang, Allohning jazosini bizga korsat, deb masxara qildilar. Qani bizga atalgan jazo?
Agar xohlasa, Alloh sizni jazolaydi va bu jazoni bartaraf qilish qo`lingizdan kelmaydi», deb javob berdi. Lekin odamlar Nuh (a.s) ni tinglashni xohlamadilar. Ular uni aqldan ozgan deb atadilar, payg`ambar (a.s) esa ularni Allohga imon keltirishga chaqirishni davom etdi.
Shunday qilib, kop yillar otdi va boshqa hech kim Nuhga qoshilmadi. Odamlar yomonlashgandan yomonlashib boraverishdi, ular tobora jiddiy gunohlar qilaverdilar. Keyin Nuh (a.s) ga Allohdan vahiy keldi: unga bu odamlar endi o`zgarmasligi, shuning uchun ular uchun qaygurish kerak emasligi aytildi. Odamlar istagan narsasini qilsin, u esa katta kema qurishi kerak.
Nuh (a.s) katta kema qurishni boshladi va odamlar esa uni masxara qilishdi:
Avval sen paygambar eding, endi duradgor boldingmi?!
Yaqin atrofda dengiz bolmasa, nima uchun bunday katta kemani qurayotganini tushunmadilar. Ular bo`lajak jazo haqida eshitishni xohlamadilar.
Kema tayyor bolgach, kuchli va uzoq muddatli yomgir yog`a boshladi. Alloh Nuhga butun oilasini, imonlilarini va barcha hayvonlardan bir juftini kemada yigishni buyurdi.
Nuh (a.s) Alloh amrini bajardi va hitob qildi:
«Bizni adolatsiz odamlardan qutqargan Allohga hamdu sanolar bo`lsin! Robbim, meni muborak joyga olib bor, o`zing joylashtirguvchilarning eng yaxshisisan!»
Suv oqimlari osmondan quyilib, va yer qa`ridan toshib, vodiylar, qishloqlar, shaharlarni suv bosdi. Odamlar toglarda qochishga harakat qilishdi, lekin suv ulardan-da balandroqqa kotarildi. Nuh (a.s) ogillaridan biri kemaga otirishdan bosh tortgan va toglarga qarab qochayotgan edi. Nuh (a.s) uni korib qoldi va qichqirdi:
Ey oglim, kemada sen uchun joy bor, najoddan bosh tortma!
Men baland tog`da najot topaman! javob berdi o`g`il.
Faqat Allohga itoat etganlar panoh topadilar, dedi Nuh (a.s).
Keyin katta tolqin bu hududni qamrab oldi va Nuhning imonsiz ogli boshqa odamlar qatori subga g`arq bo`ldi. Nuh (a.s) ning kemasi esa tolqinlar osha xavfsiz suzib ketdi.
Yomgir kop kunlar va tunlar yog`di. Barcha toglar, hatto eng baland choqqilar ham suv ostida qoldi. Lekin kunlarning birida yomgir toxtadi. Suv asta-sekin pasayib, katta kema tog ' yonbagriga chiqib qolgi. Yer quriganida, barcha odamlar va hayvonlar yerga tushdilar.
Nuh (a.s) chin yurakdan oilasi va dostlarini qutqarib qolgan Allohga minnatdorchilik bildirdi.
PAYG`AMBARIMIZ IBROHIM (a.s)
Ibrohim buyuk payg`ambar (a.s) edi. U Fors (zamonaviy Eron) hududida joylashgan Bobil shahrida tugilgan. Bolaligidan Ibrohim (a.s) atrofida Allohga ibodat qilishni istamagan odamlar bo`lgan. Osha paytda kopchilik odamlar Yaratganga emas, quyosh, oy, yulduzlar, hatto daraxtlar va osimliklarga sig`inar edilar. Ibrohim (a.s) qabilasidan bolgan odamlar ozlari yasagan tosh yoki yogoch, metalldan yasalgan butlarga sajda qilar edilar.
Bir kuni Ibrohim (a.s) otasining yoniga kelib: «Nahotki siz ham boshqalarga o`xshab, Allohning o`rniga butlarga sajda qilasiz?» deb soradi! Agar shunday bolsa, siz va xalqingiz katta xatoga yo`l qo`ydingiz!» Ibrohim (a.s) Odamlar butlarga yoki tabiat hodisalariga sajda qilganda, Alloh bundan darg`azab bo`lishini bilar edi.
Bir kuni Ibrohim (a.s) otasining yoniga kelib: «Nahotki siz ham boshqalarga o`xshab, Allohning o`rniga butlarga sajda qilasiz?» deb soradi! Agar shunday bolsa, siz va xalqingiz katta xatoga yo`l qo`ydingiz!» Ibrohim (a.s) Odamlar butlarga yoki tabiat hodisalariga sajda qilganda, Alloh bundan darg`azab bo`lishini bilar edi.
Ibrohim (a.s) Allohning sodiq quli edi va uning xalqi ham togri yoldan yurishini istar edi. Ammo uning qabilasi o`z bilganidan qolmas, va payg`arbar (a.s) ning so`zlarini tinglamas edilar. Bu holat Ibrohim (a.s) ni tashvishga solar edi. Shundan so`ng buyuk Robbimiz Ibrohim qavmiga cheksiz muruvvat korsatdi va paygambar (a.s) ga uning qabilasi nohaq ekanligini isbotlash yo`lini o`rgandi. Yaratgan Ibrohim (a.s) ga uchta alomat korsatdi, agar odamlar Alloh kim ekanligi haqida u bilan bahslasha boshlasalar, Ibrphim (a.s) odamlarga bu alomatlar bilan javob berishi mumkin edi. Quronda bu haqda hikoya mavjud.
Bir kuni Ibrohim (a.s) Yaratgan haqida fikrlab o`tirganida, u tungi osmonga qarab va ulkan yulduzni korib qoldi. «Bu yulduz bizning Robbimiz bolishi mumkinmi?!» degan fikr o`tdi hayolidan Tosatdan yulduz o`chdi va Ibrohim (a.s) ishonch bilan shunday dedi: «Men hech qachon o`chmaydiganni sevaman!!!»
Vaqt otdi va osmonda ajoyib yorqin oy paydo boldi. Va Ibrohim (a.s) o`ziga savol berdi: «Nahotki ularning barchasi bu mening Robbim deb oylayapti?«Bir muncha vaqt otgach, oy goyib boldi va Ibrohim (a.s) dunyoni Yaratgan oz xalqiga haqiqatni oshkor qilmasa, bu odamlar hech qachon togri yolni topa olmaydilar, deb o`yladi.
Ertasi kuni, Yer uzra porlab turgan quyosh kotarilganda, Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ehtimol, siz bu mening Robbim deb oylayotgandirsiz? -deya savol berdi. Bu men avval korgan hamma narsaning eng ulugvoridir». Lekin quyosh ham g`oyib bo`ldi. Va kunning oxirida Ibrohim (a.s) o`z qavmiga: «Ey qavmim! Shubhasiz, men siz qilayotgan gunohga sherik emasman: men Allohga shirk keltirmayman. Men faqat Unga sajda qilaman. U osmon shohligini va yerni yaratgan Egamdir». Lekin uni yana rad qildilar
Muvaffaqiyatsizliklarga qaramasdan, Ibrohim (a.s) oz xalqini togri yolga qaytarish fikridan voz kechmadi. Bir kuni u qabilasidan soradi:
Siz sajda qilayotgan bu haykallar nima?
Ularga bizning ota-bobolarimiz sajda qilganlar - deb javob berdilar.
Siz va ota-bobolaringiz adashyapsizlar, dedi Ibrohim (a.s). Keyin Ibrohim ularga Yaratganning gazabini qozgatmaslik uchun faqat bitta Xudoga sajda qilishlari kerakligini tushuntirdi. Va bir kun butlarni yoq qilishi haqida qavmini ogohlantirdi
Mana bayram ham keldi. Bu paytda, Ibrohim (a.s) qavmidan bolgan odamlar, odatda, shahar tashqarisida oyinlar o`ynab, maroqli tarzda dam olishar edi. Ibrohim (a.s) hamma ketgunga qadar kutib turdi va eng katta butdan tashqari barcha butlarni mayda bo`laklarga sindirib tashladi.
Bir muncha vaqt otgach, odamlar qaytib kelib, xudolari deb hisoblagan butlarning qoldiqlarini topdilar. Bu ularni juda gazablantirdi.
Bizning xudolarimizni kim bu ko`yga soldi? qichqirishdi ular.
Ulardan bazilari Ibrohim (a.s) ning butlarga sajda qilishni qoralagani va hatto ularni sindirib tashlash bilan tahdid qilganini darhol esladilar. Yosh yigitni butler sindirilgan joyga olib bordilar va soradilar:
Ibrohim, buni sen qildingmi?
Ibrohim (a.s) ularga javob berdi:
Yoq. Ehtimol, jinoyatchi ularning eng kattasidir. Agar u gapirishni bilsa va sizga hamma narsani aytib bera olsa, nima uchun undan soramaysiz?
Bu sozlar bilan butparastlar uyatni his qildilar.
Bizning xudolarimiz gapirishni bilmasligini bilasanku, deyishdi ular bunga javoban.
Shunday qilib, siz na yaxshilik va na zarar keltirmaydigan narsaga ibodat qilishni xohlaysizmi? deb so`radi Ibrohim (a.s).