Bolalarga Tushunarli Islom - Sardor Nabievich 3 стр.


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam va musulmonlar kopchilik Allohga ishona boshlaganidan xursand boldilar. U vadasini bajardi va musulmonlarga yordam berdi. Ular nihoyat oz yurtiga qaytib kelishdi. Makkaga kirib, musulmonlar birgalikda ibodat qildilar. Ulardan bazilari shu yerda qolishdi, allaqachon Madinada o`rnashishga muvaffaq bolganlar qaytib ketishdi.

Ammo bundan keyin Madina musulmonlari yiliga bir marta Makkaga haj ziyoratini amalga oshiradigan bo`ldilar, chunki u yerda Kaba bor edi.

Kaba kubga oxshash, derazalarsiz katta tosh uydir («Kaba»  «kub» degan manoni anglatadi). Uni Muhammad (s.a.v) dan ancha avval yashagan payg`ambarlar Ibrohim (a.s) va uning ogli Ismoil (a.s) bunyod etganlar. Har safar Kabaga qaraganimizda qanday inson bo`lishimiz kerakligi haqida Allohning kalomini eslaymiz. Biz esa, aziz bolajonlar, ALLOHGA ISHONISHIMIZ, FAQAT UNGA IBODAT QILISHIMIZ VA HAR DOIM YAXSHILIK QILISHGA HARAKAT QILISHIMIZ LOZIM.

Allohning bu buyrug`i sayyoramizning barcha odamlariga tegishli. Alloh odamlarga kop paygambarlarni yubordi. Ularning har biri oz xalqiga Allohning kalomini yetkazdi. Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning so`nggi rasuli edi. U bizga Quronni olib keldi, unda Robbimiz olamlarning kalomi qayd etildi. Bu Kalom, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga Alloh tomonidan in`om qilingan eng buyuk mo`jizasi edi.

Quronda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ancha oldin yashagan boshqa paygambarlar haqida koplab hikoyalar mavjud. Ulardan bazilarini ushbu kitobda topasiz.

ALLOH VA QUR`ON

Mening o`quvchilarim! Muqaddas Quroni Karimda Allohning kalomi yozilganligi, u Farishta Jabroil tomonidan Paygambar



Muhammad (s.a.v) ga nozil qilinganligi yodingizda bo`lsa kerak. Unda bizga va Yer degan go`zal nom bilan ataluvchi sayyoramizda yashaydigan barcha odamlarga Buyuk Alloh tushuntirib bergan hamma narsani oqiy olishimiz mumkin.

Quroni Karimda paygambarlar haqida juda kop qiziqarli hikoyalar mavjud. Siz, albatta, nega paygambarlar kop bo`lgan deb mendan so`rashingiz mumkin. Alloh ularni faqat Ungagina ibodat qilish va yaxshilik qilish kerakligini eslatib turish uchun turli vaqtlarda odamlarga jonatdi.

Bundan tashqari, Quroni Karimda biz ishonadigan hamma narsalar, shuningdek, nimani qanday qilishimiz kerakligi haqida yozilgan. Agar Quroni Karimda yozilgan narsalarni tushunsak, va uning barcha korsatmalarini bajarsak, biz haqiqiy va baxtli musulmonlar bolamiz.

Alloh haqida bilgan hamma narsamiz bizga Alloh tomonidan aytilgan. Buning uchun u paygambarlarga farishta Jabroilni yuborgan. Aynan shu farishta Allohning kalomini Muhammad (s.a.v) ga yetkazgan. Rasululloh (s.a.v) esa boshqa odamlarga Bilguvchi Allohning sozlari va korsatmalari haqida gapirib berdi. Shuningdek, Rasululloh (s.a.v) ozining sodiq dostlari va hamfikrlari Yaratuvchimizning har bir sozlarini yozib olishlariga ishonch hosil qildi.

Shuning uchun, Buyuk Allohning marhamati va Rasululloh (s.a.v) ning sabr-toqat, say-harakatlari tufayli bizning qo`limizda Quron bor.

Alloh yagona ilohdir. Musulmonlar, Allohdan boshqa hech qanday Iloh yoqligini takidlaydilar. Bu esa faqat Allohgina odamlarni, yerni, oy, Quyoshni va yulduzlarni, butun koinotni yaratishi mumkin, degan manoni anglatadi. U yagona Yaratuvchi. Shuning uchun biz faqat unga ibodat qilishimiz mumkin!

Mening aqlli bolalarim! Siz, albatta, bilasizki, Yer yuzida mavjud bolgan narsalarning kopchiligi oz qollaringiz bilan qilishingiz yoki mustaqil ravishda ostirishingiz mumkin. Masalan, agar siz tuproqqa uruglar ekib, bir necha oy kutib tursangiz  bir muncha vaqt otgach ulardan hosil beradigan osimliklar osib chiqadi. Yerga uruglarni ekish oson ish emas. Biroq, oquvchilarim ozingizga bir muhim savolni berishingiz kerak: tuproq qayerdan kelib chiqdi, bu uruglar qaerdan paydo boldi? Uruglarni boshqa osimliklardan olish mumkin, deb aytishingiz mumkin  va siz haq bo`lasiz. Lekin oylab koring, axir boshqa osimliklarning osish uchun ham yer kerak! Xosh, u qayerda paydo boldi?

Yer qum, minerallar, boshqa modda tuzlarining eng kichik zarralaridan iborat. Unda qum va barcha moddalar qayerdan paydo bo`lgan?

Unib-o`sishi uchun daraxtlar ham suvga muhtoj. Suvchi? U qayerdan paydo bo`ldi? Quyosh nuri qanday paydo bo`lgan? Osimliklar qanday osayotganini kuzatib borishimiz uchun bizga kunlar va tunlar kerak boladi. Ammo har bir gul, buta va daraxt ma`lum bir vaqtda eklishi kerak, shunda ular yaxshi o`sadi va nobud bo`lmaydi. Ayrim osimlik issiqlikni, boshqasi sovuqni yaxshi koradi. Yer yuzida juda kop turli xil osimliklar mavjud!

Yuqorida aytganimdek, yerga urug ekish qiyin emas. Biroq, hech kim ularni osishi uchun barcha sharoitlarni qilib bera olmaydi. Hech kim yerni, havoni, nurni va suvni yaratishga, kunni kech bilan almashtirishga qodir emas.

Xuddi shu holatni osimliklardan boshqa narsalarda ham ko`rishimiz mumkin. Misol uchun, bir kishi uy qurishni biladi. Buning uchun u gishtlarga muhtoj. Gishtlar esa biz yarata olmaydigan loydan, ohakdan, qumdan va suvdan tayyorlanadi. Yoki bir kishi avtomobil va samolyotlar qurmoqchi. Lekin buning uchun, boshqa narsalar qatorida, kauchuk va temir kerak. Bu narsalarni ham Allohning yordamisiz yaratolmaydi. Temirni bazi toshlar tarkibida topish mumkin. Agar bu toshlar qizdirilsa, temir suyuqlikka aylanadi va sizib chiqadi. Kauchuk daraxtlarning ayrim turlarida uchraydi. Agar siz bunday daraxtning qobigini kessangiz, suyuq kauchuk oqadi. Ammo bularning barchasi inson qoli bilan yaratilishi mumkin emas. Biror kishi ozi uchun foydali narsalar qilganda, u tabiatda mavjud bolgan materiallardan foydalanadi. Butun aqli, qobiliyati, iqtidoriga qaramay, inson ularni yaratishga qodir emas. Agar bu narsalar bolmasa, u na mashina, na samolyot, na boshqa narsalarni yarata olmaydi.

Inson oz ehtiyojlari uchun foydalanadigan hamma narsa Alloh tomonidan yaratilgan. U bizga kerak bolgan hamma narsani berdi.

Buning natijasida odamlar uy qurishlari, ekinlar yetishtirishlari va hayvonlarni ko`paytirishlari; oziq-ovqat ishlab chiqarish, kiyim-kechak tayyorlash va kompyuterlarni yaratishlari mumkin.

Allohning marhamatisiz inson hech narsa qila olmaydi. O`zining mavjudligimiz uchun ham Allohga shukr aytishi lozim. U Yer, Quyoshni, havoni, suv va yana koplab narsalarni yaratdi. Bularning barchasi bolmasa, odamlar omon qololmas va Yer yuzida yashay olmasdilar. Yuqorida bilib oldingizki, bolajonlar, inson ham Alloh tomonidan yaratilgan. Uning marhamati bilan odamlar hali ham ushbu sayyorada yashab kelmoqdalar.

Mening aqllilarim, keling birgalikda aytilganlarni xulosalaymiz! Hamma narsa Allohdan va hamma narsani faqat U beriladi. Shuning uchun musulmonlar: «Allohdan boshqa iloh yoq!», deydilar. Axir, Alloh yer yuzidagi hamma narsani yaratuvchisi. Bizning Yaratuvchimiz Quronda bizga hamma narsa yaxshilik va foyda keltirishi uchun nima qilish kerakligini tushuntirib berdilar. Oz sozlarini boshqa odamlarga yetkazishi uchun u paygambarlarni yubordi. Va biz ularning so`zlariga ergashishga harakat qilishimiz kerak.

Inson Allohning qulidir. Bizning Buyuk Allohimiz odamlarni faqat unga sajda qilish uchun yaratdi. Shuning uchun biz doimo Alloh haqida oylashimiz va shukr qilishimiz kerak. Chunki u biz haqimizda qayg`uradi!

FOTIHA surasi

Bismillahir Rohmaanir Rohiym

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman

1. Alhamdulillahi robbil aalamiyn

1. Alhamdulillahi robbil aalamiyn

Hamd olamlarning Robbi-Allohgadir

2. Ar-rohmanir rohiym

U Rohman va Rohiymdir

3. Maaliki yavmiddiyn

Jazo va mukofot kunining egasidir.

4. Iyyaaka na`budu va iyyaaka nasta`iyn

Faqat Sengagina ibodat qilamiz va faqat Sendangina yordam so`raymiz.

5. Ihdinas-sirootol mustaqiym

Bizni to`gri yolga hidoyat qilgin

6. Sirootol-laziyna an`amta`alayhim

O`zing ne`mat berganlarning yo`liga

7. G`oyril mag`zubi alayhimvalazzolliyn

G`azabga qolganlarnikiga ham emas adashganlarnikiga ham emas

IXLOS surasi

Bismillahir Rohmaanir Rohiym

Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan boshlayman

1. Qul huvallohu ahad

Ayt: «U Alloh yagonadir

2. Allohus-somad

Alloh Somaddir

3. Lam yalid va lam yulad

U tug`magan va tug`ilmagan

4. Va lam yakullahu kufuvan ahad

Va Unga hech kim teng bo`lmagan

FARISHTALAR

Siz, albatta, ota  onangizdan Alloh bizdan tashqari jinlar va farishtalarni yaratganligini eshitgandirsiz. Shunday qilib, odamlar loydan, jinlardan olovdan, farishtalar esa nurdan yaratilgan. Farishtalar hech qachon Allohning amridan chiqmaydi. Va aynan shu bilan ular odamlar va jinlardan farq qiladi.

Farishta Jabroil Allohning sozlarini paygambar Muhammad (s.a.v) ga yetkazdi va shuning uchun farishta Jabroilni xabar beruvchi farishta deb ataymiz. Bu haqda gapirib berganlarimni unutmaganmisiz, dono kichkintoylarim?

Musulmonlar farishtalar haqida Quroni Karimdan bilishadi. Har birimizga hamma yerda ikkita farishta hamroh boladi. Bu farishtalar insonning barcha amallarini kitobga qayd qiladilar. Ular bizning yaxshi va yomon ishlarimizni yozib boradilar. Shuning uchun, biz ularni yozuvchi farishtalar deb ataymiz.

Farishtalar turli bo`ladilar. Masalan, odamlarning jonini oladigan farishta mavjud. Biz uni olim farishtasi deb ataymiz.

Biz farishtalarni kormaymiz, chunki ular kozlarimiz uchun korinmas moddalardan yaratilgan.



Biroq biz ularning mavjudligini bilamiz, chunki Alloh bu haqda bizga xabar berdi. Boshqa barcha yaratiqlar singari, farishtalar ham Alloh tomonidan yaratilgan. Ular faqat Ungagina boysunadilar va uning amrini bajaradilar.

Biz quyosh chiqishi va botishi, osmon boylab bulutlar harakati, yomgir yog`ishi, osimliklarning osishi va boshqa koplab tabiat hodisalari Allohning irodasiga kora sodir bolishini bilamiz. Hech narsa uning irodasisiz sodir bolishi mumkin emas. Alloh unga sozsiz itoat qiladigan farishtalarni ham yaratdi. Ular Alloh irodasini bajaradilar, hamma narsa Alloh irodasiga monand sodir bolishini va unga muvofiq amalga oshishini taminlaydilar. Farishtalar Rabbimizning itoatkor xizmatkorlaridir.

Alloh inson unga itoat va ibodat qilishini, yaxshi amallar qilishini xohlaydi. Bizning Yaratuvchimiz unga ishonishimizni xohlaydi. Jabroil orqali Bilguvchi Parvardigorimiz Muhammad (s.a.v) ga qadar yashagan koplab paygambarlar bilan suhbatlashdi. Paygambarlar esa Alloh odamzotdan nimani kutayotganini unutmasliklari uchun odamlarga Allohning irodasini eslatib turdilar,. Bularning barchasi to`g`risida Quron va Paygambarimiz (a.s) ning haqqoniy hikoyalaridan bilib olishimiz mumkin.

Barcha paygambarlar ushbu sozlar bilan odamzotga murojaat qildilar:


SIZ FAQAT ALLOHGA ISHONISHINGIZ KERAK!

YOLGIZ UNGAGINA IBODAT QILING VA FAQAT

YAXSHILIK QILING!

ODAM ALAYHISSALOM

Barchangiz sirli hikoyalar va ajoyib sarguzashtlarni yaxshi korsangiz kerak! Paygambarlarning hayoti esa juda qiziqarli va hayajonlidir. Ushbu hikoya bilan biz sayyoramizda yashagan eng ajoyib insonlar haqida bir qator hikoyalarni oqishni boshlaymiz. Bu Allohning paygambarlari haqidagi hikoyalardir. Keling, ular bilan tanishaylik! Agar Allohning irodasi bolsa, siz ozingiz uchun yangi va ajoyib dunyoni kashf etasiz.

Odam (a.s) eng birinchi inson edi. Birinchi bo`lib Buyuk Parvardigor farishtalar va jinlarni yaratdi. Va ulardan keyin-ilk inson  Odam (a.s) ni yaratdi. Buyuk ijodkor o`z yaratig`iga kozlar, quloqlar, burun, qollar va oyoqlar ato etdi. Bizning tanamiz shakli Alloh tomonidan yaratilgan barcha boshqa jonzotlarning shakllaridan, masalan, hayvonlardan farq qiladi. Bolajonlar, inson Allohning eng buyuk yaratig`idir. Alloh insonni Yer yuzida yashashi va unga sajda qilishi uchun yaratdi.

Alloh Odam (a.s) ga ruh berdi va tiriltirdi. Dunyoning buyuk Robbisi yangi yaratiqqa hurmat belgisi sifatida farishtalar va Iblisga Odam (a.s) ga sajda qilishni buyurdi. Iblis bu jin. Bundan tashqari, uni shayton ham deb ataydilar. U barcha jinlar orasida eng obro`lisi bolgan va farishtalar bilan birga Jannatda yashagan. Farishtalar Allohning amrini bajo keltirdilar, lekin Iblis itoatsizlik qildi va birinchi odamga sajda qilmadi. Shayton Odam (a.s) dan gazablanib, undan nafratlanar edi. Iblis o`zini insondan yaxshiroq deb bilar, va Yaratganning sevgisiga va uning yaratiqlari hurmatiga o`zini hammadan koproq loyiq deb hisoblardi. Uning qalbiga rashk va hasad o`rnashdi.

Shunda Alloh itoatsiz shaytondan soradi:

 O, Iblis! Nima uchun mening yaratig`imga sajda qilmading? Kibr seni ko`r qilibdi yoki sen o`zingni boshqalardan ustun deb oyladingmi?

 Men undan yaxshiroqman!  takabburlik bilan javob berdi Iblis.  Axir sen meni olovdan, odamni esa oddiy loydan yaratding.

Shunda buyuk Robbimiz shaytonni oz inoyatidan bebahra qildi.

 Jannatdan chiq!  dedi Alloh Iblisga.

 Mening Robbim! Qiyomat kunigacha meni jazolama!  deb shayton hitob qildi.

O`zining hasadgoyligi va gazabi tufayli Iblis Odam (a.s) ham Allohga itoatsizlik qilishini va iymondan chiqishini xohladi. Va darhol ayyor bir reja tuzdi.

 Men tayinlagan kunga qadar jazoingni kechiktiraman», deb javob berdi Buyuk Alloh.

Iblis Odam Atodan nafratlana boshladi. U Allohni insonni boshqa yaratiqlardan ustun qoyganini hazm qila olmas edi. Shuning uchun, u Odam (a.s) ning dushmaniga aylandi va uni Allohning irodasiga qarshi borishga majburlashni niyat qildi.

Lekin Odam Ato, shaytondan farqli olaroq, Allohning itoatkor quli edi. Odam (a.s), avvalo, uni yaratgani uchun Robbisiga hamd aytdi. Yaratgan uni o`ziga yaqinlashtirgani va boshqa yaratiqlardan ustun qilgani uchun chin yurakdan minnatdorchilik bildirdi. Va biz ham, mening azizlarim, birinchi odam Allohni sevganidek, Robbimizni chin dildan sevishimiz kerak. Odam (a.s) kabi, bizni yaratgani uchun qudrat sohibi Allohga hamd-sano aytishimiz lozim. Va, shuningdek, birinchi odam paygambar Odam Ato (a.s) ibodat va sajda qilganidek, Unga ibodat va sajda qilishimiz kerak.

Odam Ato Jannatda yashar, va bir oz o`zini yolgiz his qilar edi. Shuning uchun mehribon Alloh uning uchun xotin yaratdi. Odam (a.s) uni korgach, u juda hayron bolib qoldi va soradi:

 Kimsan?

 Men ayolman,  dedi u

Odam Ato unga uylandi va birinchi ayol uning yonida Jannatda yashay boshladi. Farishtalar uni birinchi marta korgach, Odam (a.s) dan bu yangi yaratiqning nomi nima ekanini soradilar. «Bu Havvo», deb javob berdi Odam Ato.

Назад Дальше