«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bolgan metodi
Monografiya
Salim Madraximovich Otajonov
Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharrir Inomjon Uktamovich Bilolov
Taqrizchi, pedagogika fanlari nomzodi, Farg'ona davlat universiteti fizika-texnika fakulteti "Texnologik talim" kafedrasi dotsenti Ismail Karimov
Taqrizchi, Fargona viloyati pedagoglarini metodikalarga orgatish milliy markazi katta oqituvchisi Mamatov D. X.
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Salim Madraximovich Otajonov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Xolidaxon Tulkinovna Aliyeva
Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev
Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov
© Salim Madraximovich Otajonov, 2022
KIRISH
Umumiy orta talim maktablarida texnologiya darslari maktabda eng ozoq vaqt otiladigan oquv fanlaridan biri hisoblanadi. Texnologiya oqituvchi rahbarligida oquvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar mehnat faoliyati jarayonidan iborat bolib, yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqida bilimlarini hamda malum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini bajarish uchun zarur amaliy konikma va malakalarini egallashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yolida mehnat faoliyatiga qoshilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlarini va tafakkurlarini rivojlantirishga qaratilgan oquv fanidir.
Bu fan umumiy orta talim maktablarida ozoq muddat, yani birinchi sinfdan to oxirgi sinfgacha bolgan davr ichida oqitilishi bilan oquvchilar faoliyatida va maktab hayotida oziga xos muhim ahamiyatga egadir. Bunda texnologiya fani darslari uch bosqichda tashkil etilib, ulardan kozlangan maqsad oquvchilarni jismoniy tomondan togri rivojlantirish, mehnat olami va kishilari, mehnat qurollari va amallari, asosiy ishlab chiqarish sohalari va kasblar bilan tanishtirish, ish qurollaridan foydalanish, oddiy buyumlarni yasashga oid mehnat malakalarini hosil qilish, ongli ravishda kasb tanlashga yonaltirishdan iborat. Yuqorida aytilgan bosqichlardan har birini oldiga qoyilgan aniq vazifalar mavjud.
Jumladan, 1-bosqichda 1-4-sinflardagi texnologiya darslarida oquvchilarga kishilarning hayotida mehnatning tutgan orni, eng sodda mehnat amallari va ish qurollari, ulardan foydalanishga oid dastlabki mahlumotlar beriladi. Qogoz, yelim, gazlama, ip, plastilin kabi materiallardan igna, qaychi, pichoq kabi mehnat qurollari yordamida sodda buyumlar, oyinchoqlar yasash, tayyorlash orqali ularda dastlabki mehnat konikmalari shakllantiriladi.
2-bosqich darslari 5-7-sinflardagi texnologiya darslaridan iborat. Bu bosqichdagi texnologiya darslari texnologiya va dizayn (yogochlarga, plast-massalarga va metallarga ishlov berish texnologiyalari, elektrotexnik va tahmirlash ishlari), servis xizmati (pazandachilik va gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi, tikuv buyumlarini tahmirlash) hamda umumlashgan yonalishlarda tashkil etiladi. Bular ishlab chiqarishning eng muhim korinishlari bolib, deyarli hamma sohalarda qollaniladi. SHu sababli 5-7-sinflardagi bu mashgulotlarda oquvchilarga ishlab chiqarishning asosiy boginlari bolgan yogoch, plastmassa, polimer, metall, gazlama kabi materiallarga hamda oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish va taom tayyorlash, elektrotexnik ishlar va tahmirlash ishlariga oid dastlabki umumiy bilimlar beriladi, mehnat konikmalari hosil qilinadi. Kelgusida ularni biror kasbni ongli ravishda tanlashga yonaltiriladi.
3-bosqichdagi texnologiya darslari 8-9-sinflarda olib boriladigan texnologiya darslari bolib, ularda xalq hunarmandchiligi, ishlab chiqarish va rozgorshunoslik asoslari, elektronika asoslari, ijodiy loyiha tayyorlash kabi sohalar boyicha nazariy tushunchalar beriladi va amaliy mehnat konikmalari singdiriladi. Umumiy orta Talim maktabi oquvchilarini tadbirkorlikga yunaltirish, shaxsiy ishlab chiqarish korxonalariga ega bulish, kichik va orta biznes tadbirkorlik subektlariga ega bolish xakida tushunchalar berish, iktisod fani bilan boglash masalalarin kiritish oquvchi dunyoqarashini rivojlantiradi.
Texnologiya fanining oqitilishida oqituvchi koproq darslarni ishlab chiqarish korxonalarida, ekskorsiya korinishida yoki sinfdan va maktabdan tashqari togarak, oquv tsexlari, korxona, muassasalarda oddiy shogirdlikdan korxona rahbarigacha bolgan pogonalargacha kotarilgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar otkazish, davra suhbatlari tashkil etib bolaning koz ongida bugungi kunda zamonaviy rahbar korinishidagi shaxsni shakllantirish orqali oquvchilarga tushunchalar berib borish kerak.
Aynan mana shunday tadbirlar orqali oquvchilarning psixologik yosh orqalilarini hisobga olib oquvchi eshitganidan kora, koproq korganini qiladi, degan psixologik yondashuvga amal qilinsa, maqsadga tezroq erishish mumkinligini korsatish yoki ayrim holatlarda tadbirkorlik subektini boshqaruvchisini yashash turmush tarzi aks etgan videoroliklar orqali oquvchilarga motvattsiya berish usullaridan ham foydalanish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini tushuntirish lozim. Pedagogik jamoa orasida liderlik maqomiga ham ega mumkin, Masalan, texnologiya darslarida qaysidir buyum yoki detalni tayyorlash jarayonini tushuntirishda, dastlab tayyorlanadigan buyumni texnalogik xaritasini tayyorlashda bevosita rasm va chizmachilik fanlaridan olingan bilimlarga suyanilishini, uning xajmini va olchovlarini olishda matematika va gemetriya fanlari bilan boglanishini, tayyorlanadigan detalni bikrligini taьminlashda maxsulotni ximiyaviy, fizikaviy va texnologik hossalarini yaxshi tushunish kerakligi, chunki, bu materiallarni tanlashda aloxida ahamiyatga ega ekanligini tushuntirib, natijada mehnat unimdorligitni oshirish, kam mehnat sarflab koproq natijaga erishish mumkinligini, bu natijani hisoblashda iktisod fanini ornini tushuntirib bersa, oquvchini koz ongida texnologiya fani oqituvchisi bir necha fanlarni ozlashtirgan ota bilimli shaxs sifatida namoyon boladi yoki texnologiya fani oqituvchi bolalarni xatti-xarakatlari orqali ana shu sanab otilgan fanlarni oquvchilar kanday ozlashtirganliklarini bilib olishi mumkin va shu orqali fan oqituvchilariga taklif va fikrlarini berishi mumkin, shuni natijasida texnologiya fanini oqitilishida barcha fanlar muhim ekanligini korsatish mumkin.
Amalda umumiy orta talim maktablarining asosiy vazifasi oquvchilarni hayotga tarbiyalash ekanligini hisobga olib, maktablarning oquvchilarini maktabni bitirib chiqib ketayotganda muayan bir kasbni egasi , bugungi kun talabi ekanligini davlatimiz rahbari ozlarining xar bir chikishlarida takror takror aytmokdalar. Xattoki Davlatimiz rahbarining umumtaьlim maktablarini bitirib chiqayotgan bitiruvchilar kamida 1 ta musiqa asbobini mustaqil chala olishi shart deb taьkidladilar va bu ishni amalga oshirishda Xalk taьlimi vazirligiga hamda Madaniyat vazirligiga qator topshiriqlar berdilar.
Davlatimiz rahbarining xududlarni ijtimoiy iktisodiy rivojlanishini organish buyicha viloyatlarga qilgan barcha safarlarida xududlarni sharoitlaridan kelib chiqib, shu xududlardagi Oliy oquv yurtlari negizida turli xil fakulьtetlarni ochib malakali mutahasislar tayyorlashni yolga qoyish keraklgini takidlab otmokdalar. Masalan, Fagona viloyatiga tashriflari davomida Fagona Davlat Universiteti bazasida asalarichilik, ozumchilik va anorchilikga iktisoslashtirilgan fakulьtetlarni qoshimcha tashkil etish buyicha Oliy taьlim vazirligiga topshiriqlar berilmokda yoki Prezidentimizning tashabbuslari bilan 2020 yili Qoqon shaxrida milliy hunarmandchilik buyicha xalkaro festivalni otkazilishi, Ozbyokistonni butun dunyoga tanitganligini hammamiz guvohi boldik. Aynan shu xalkaro festivalda Davlatimiz rahbari milliy hunarmandchilik sir asrorlarini maktab taьlimiga kiritish buyicha aloxida tuxtalib Rishton kulolchilik maktabini yaratilishi Qoqon va Margilon shaxarlarida kashtachilik va kasanachilik maktablarini kelgusida rivojlantirish dasturlarini taklif kildilar, shulardan korinib turibdiki, umumiy orta taьlim maktablarida yangilanaetgan milliy oquv dasturi asosida keng kamrovli oquv ustaxonalari tashkil etish ham kozda tutilmokda. Bunda asosan texnologiya darslarida amaliy va nazariy mashgulotlarni birgalikda tashkillash imkoniyati yaratiladi, oz ozidan korinib turibdiki, bu ishlarni tashkillashda maьsuliyat texnologiya fani oqituvchilarini zimmasiga tushadi. Rishtondagi kulolchilik yonalishidagi yosh tadbirkor Baxromjon tajribasida misollar keltirilsa asosli boladi.
Texnologiya fani oqituvchisi oquvchilarni bosh vaktlarini unumli tashkil etish buyicha bir nechta takliflarga ega bolsa maqsadga muofiq boladi chunki, shu orqali oquvchilarni turli xil yot narsalardan saklab kolishi mumkin, aksincha ustoz shogird maktabi buyicha oquvchilarni moddiy qollab-quvvatlashni ham tashkillashi mumkin. Umumiy orta talim maktablarida texnologiya darslari orqali kasblarga yullash ishlarini maqsadli va mazmunli tashkillab oquvchilarni kelajakda kim bolishlari xakidagi savollarga javoblar olishlariga imkon yaratib beriladi.
Bunda oquvchilarga kasb turlari, ularning oziga xos tomonlari orqali, kasb tanlashda nimalarga etibor berish zarurligi haqidagi malumotlar ham orgatiladi. Bu kasblardan qaysi birini tanlash oquvchilarning ozlariga havola etiladi. Mazkur texnologiya darslarini oqitishdan oldinga qoyilgan asosiy maqsad oquvchilarning aqliy va jismoniy tomondan togri rivojlanishini taminlash, amaliy ish bajarish malakalarini tarkib toptirish hamda ijodiy qobiliyatlarini ostirishdir. Bundan quyidagi maqsad va vazifalar kelib chiqadi:
oquvchilarda umummehnat konikma va malakalarni shakllantirish, ularning qiziqishlari, qobiliyatlari, kasbiy moyilliklariga kora, kasb-hunar turlarini tanlashga asos boladigan hislatlarini, umummehnat madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish;
oquvchilar tomonidan bajariladigan, moddiy nehmatlar yaratishga qaratilgan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bolib, ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari haqidagi bilim-larini hamda mahlum sohadagi ishlab chiqarish mehnatini va malakalarini egalashlariga, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yolida mehnat faoliyatiga qoshilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifat va tafakkorlarini rivojlantirishga qaratilgan.
Mamlakatimizda talim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, talim samaradorligini oshirish borasida mavjud bolgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qollashga ehtiyoj tugilmoqda.
Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kozda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga otish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol va ijodkor shaxslarni shakllantirishdan iborat/1/.
Binobarin, Prezidentimiz tomonidan 2020-yil yil 6-noyabrdida imzolangan Ozbekistonning yangi tarqqiyot davrida talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi PF-6108 Farmonda ham Mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va goyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir bolgan, intellektuaal va mahnaviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlash, talim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bolishlari uchun zarur konikma va bilimlar bolishini shakllantirish mazkur sohadagi asosiy yonalishlardan biri sifatida belgilangan. SHuningdek, Prezident Farmoni va Qarorlarida shuningdek, asarlarida mamlakatimiz talim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish, jamiyatimizda oqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga bolgan hurmat-etiborni yanada oshirish, oquvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimda xususiy sektor ishtirokini kengaytirish masalalarini organish va ijrosini taminlashning kun tartibidagi asosiy masalasi sifatida qaralmoqda /2-7/.
Bu masala boshqa fanlar qatori texnologiya fanini oqitishda ham asosiy vazifa hisoblanadi. Buning uchun esa oqitish jarayonida talim metodlaridan unumli va oqilona foydalanish hamda bu metodlarini takomillashtirish, yangilarini izlab topish va oqitish jarayoniga tadbiq etish orqali texnologiya fani mashgulotlarining samaradorligini oshirish talab qilinadi. SHu sababli bugungi kunda talim-tarbiya sohasidagi asosiy dolzarb masala talim metodlari va shakllarini yaxshi egallagan, ularni amalda ahborot kommuniktsiya vositalaridan qiynalmay fodlana oladigan oladigan malakali pedagog kadrlarni tayyorlashdan iborat bolib qolmoqda. CHunki, oquvchilarga talim-tarbiya berish, ularni kasblarga yonaltirishda oqituvchi shaxsi va uning faoliyati alohida ahamiyatga egadir. Binobarin, oqituvchi olib boradigan ochiq muloqot tarzidagi mashgulot jarayonini boshqa hech narsa bosa olmaydi. SHu sababli ham malakali yetuk oqituvchi kadrlar tayyorlash uchun, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun talim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish muhim omil hisoblanadi.
Jahonda talim eng noyob kapital sifatida qadrlanayotgan bugungi sharoitda «talimning hamma bosqichlarida, talim natijalarini baholash samaradorligini oshirish va usullarini takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish orqali barcha insonlar uchun ularning hayoti davomida sifatli talim olish imkoniyatini yaratishni dolzarb vazifa qilib qoymoqda»/ 8/.
Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadini amalga oshirish kelajak yosh avlodni tarbiyalash, talim tizimini yanada rivojlantirish va texnologik talim jarayonlarini tashkil etish va uni boshqaruv mehanizmini takomillashtirish boyicha olib borilgan dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tugilmoqda. Bu esa fan oqituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, oz ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan ozining kompetentlilik darajasini muntazam kotarib borishni taqazo etadi.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan kozlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalarini qoyadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda oqituvchilardan avvalol istak, hohish iroda, yuksak kasbiy salohiyat va insoniy ijobiy fazilatlarga ega bolish talab etiladi.
Talim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish mavzusi yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqot ishlari, ularni tushintirish mehanizmlari taklif etilgan bolsalarda /9/ texnologiya fanini, hususan, texnologik jarayonlarni tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirish jarayoni shu kun talabida organilmagan.