To‘g‘ri soliqlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromaddan soliq to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib, investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshirilsa, korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari kamaya boradi. Demak, bu guruh tarkibiga kiruvchi soliqlarning stavkalari iqtisodiy rivojlanish bilan bevosita bog‘liqdir.
Egri soliqlarning huquqiy to‘lovchilari mahsulot (ish, xizmat) ni yuklab yuboruvchilar hisoblanadi. Lekin, soliq og‘irligi haqiqatan ham tovar (ish, xizmat) ni iste’mol qiluvchilar, ya’ni bevosita iste’molchilar zimmasiga tushadi. Bu soliqlar tovar (ish, xizmat) qiymati ustiga qo‘shimcha ravishda qo‘yiladi.
Egri soliqlarning ijobiy tomoni shundaki, ular respublikada ishlab chiqarilgan tovarlar respublikadan tashqariga chiqib ketishini chegaralaydi, mamlakat ichida tovarlarning serob bo‘lishiga yordam beradi hamda inflyatsiya darajasini (muomaladagi ortiqcha pul massasini) birmuncha jilovlab turadi.
Egri soliqlar tarkibiga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kiradi.
Shunki qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishlariga bevosita bog‘liq bo‘lmagan barqaror daromad manbalari hisoblanadi va egri soliqlar bo‘yicha tushumlarning asosiy qismini tashkil etadi.
O«zbekiston Respublikasi davlat budjeti ijtimoiy xarajatlari o‘sish tendensiyasiga ega ekanligi davlat budjeti daromadlari hajmini uzluksiz oshirib borishni taqozo qiladi. Bu esa qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i kabi barqaror daromad manbalarini, budjet daromadlarini uzluksiz ta’minlashni taqozo qiladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, to‘g‘ri va egri soliqlar yagona soliq tizimini tashkil etib, bir-biri bilan o‘zaro bog‘langandir. Yevropa mamlakatlarida egri soliqlarning roli AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyaga qaraganda yuqoridir. Yevropa mamlakatlarida jami soliq tushumlarining hajmida egri soliqlarning salmog‘i 40 foizdan yuqori bo‘lib, ayrim mamlakatlarda 50 foizni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich 50 foizdan yuqori bo‘lgan mamlakatlar guruhiga Meksika, Turkiya va Koreya kiradi. AQSh, Yaponiya, Kanada va Avstraliyada esa ushbu ko‘rsatkich 25—30 foizni tashkil qiladi.18
Budjetga tushishiga qarab soliqlar umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo‘linadi.
Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
– yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i;
– jismoniy shaxslardan olimadigan daromad solig‘i;
– qo‘shilgan qiymat solig‘i;
– aksiz solig‘i;
– yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
avtotransport yig‘imlari;
Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasining Davlat budjeti to‘g‘risidagi qonuni asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi.
2020 yil uchun quyidagi soliq turlari tumanlar va shaharlar budjetlariga to‘liq o‘tkaziladi:
jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘i;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, bundan elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan soliq mustasno;
qurilish materiallari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq, bundan sement xom ashyosi va sement ishlab chiqarishda foydalaniladigan ohaktosh mustasno.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagilar to‘liq o‘tkaziladi:
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i;
yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i;
elektr stansiyalari tomonidan to‘lanadigan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
yakuniy iste’molchilarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz realizatsiya qilishdagi aksiz solig‘i;
aylanmadan soliq;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat bojlari (patent boji va litsenziya berganlik uchun davlat bojlaridan tashqari);
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan jarimalar;
ayrim tovarlarning chakana savdosiga beriladigan huquq uchun undiriladigan yig‘imlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiriladigan boshqa yig‘imlar (bojxona yig‘imlaridan tashqari);
avtotransport vositalarini xarid qilganlik uchun ularni ichki ishlar organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish chog‘ida avtotransport egalari (foydalanuvchilari) tomonidan to‘lanadigan yig‘imlar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulk, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aktivlari bo‘yicha ajratmalar va dividendlar;
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda davlat aktivlarini ijaraga berish va xususiylashtirishdan tushadigan daromadlar;
mobil aloqa xizmati va alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivo uchun aksiz solig‘idan tushumlar tegishli ravishda 2019 yil 1 iyul holatiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri aholisining respublika aholisidagi ulushiga muvofiq.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjetiga, viloyatlar viloyat budjetlariga va Toshkent shahri shahar budjetiga quyidagi ulushlarda:
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan tushumlarning (jismoniy shaxslarning mol-mulkini ijaraga berishdan oladigan yillik daromadlari bo‘yicha deklaratsiyaga asosan to‘lanadigan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan daromad solig‘idan tashqari) Navoiy viloyatida 70 foiz, Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foiz;
foyda solig‘idan tushumlarning (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlanadigan ro‘yxatga muvofiq yirik soliq to‘lovchilar, O‘zbekiston Respublikasida doimiy faoliyat olib boruvchi muassasa orqali faoliyat yurituvchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan, shuningdek norezidentlarning to‘lov manbaida ushlab qolinadigan daromadlaridan to‘lanadigan foyda solig‘idan tashqari) Toshkent viloyatida 34 foiz, Toshkent shahrida 5 foiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda 100 foiz;
Примечания
1
Karimov. I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – T.: O‘zbekiston, 2011.
2
2
3
3
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmoni.
4
O«zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 24 yanvar
5
Jo‘raev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Norma. 2009. 12-17-bet
6
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli farmoni.
7
Jo‘rayev A., Toshmatov Sh., Abduraxmonov O. Soliqlar va soliqqa tortish. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Norma. 2009. -183-b.
8
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 8 avgustdagi «Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 1503-sonli farmoni.
9
O«zbekiston Respublikasining 1998 yil 24 dekabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida» 717-I-son Qonuni.
10
O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 1998 yil 19 noyabrdagi «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish to‘g‘risida"gi 2114-sonli farmoni.
11
O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5116-sonli farmoni
12
O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 13 fevraldagi «Soliq qonunchiligini tubdan takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5214-sonli farmoyishi
13
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida» gi 5468-sonli farmoni
14
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020—2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi 4086-sonli qarori
15
O«zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 iyuldagi «Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4389-son qarori
16
O«zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 fevraldagi «Toshkent shahrida onlayn Nazorat-kassa mashinalarini qo‘llash bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 150-sonli qarori
17
O«zbekiston Respublikasi Prezidentning 2018 yil 13 iyuldagi «Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining «biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3852-sonli qarori
18
Panskov V.P., Knyazev V.G. Nalogi i nalogooblojeniye. -M.:MTSFER, 2003. -s.57—59.