Elektr va gaz payvandlash
Monografiya
Qodir Abdullayevich Botirov
Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov
Muharror Salim Madraximovich Otajonov
Taqrizchi, texnika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Yakub Usmanovich Usmonov
Taqrizchi, fizika-matematika fanlari nomzodi, Farg'ona Davlat Universiteti fizika-texnika fakulteti, "Texnologik ta'lim" kafedrasi dosenti Boxodir Xoshimovich Karimov
Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev
Illustrator Boxodir Xoshimovich Karimov
Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev
Muqova dizayni Xolidaxon To'lqinovna Aliyeva
Korrektor Ibratjon Xatamovich Aliyev
Korrektor Boxodir Xoshimovich Karimov
© Qodir Abdullayevich Botirov, 2023
ISBN 978-5-0059-2149-9
Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero
KIRISH
Mustaqil Ozbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy oquv yurtlarimiz oldiga qoygan vazifalarining nechalik muvaffaqiyat bilan bajarilishi kop jixatdan bogliq. Chunki oliy pedogogik oquv yurtlari talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda mehnat darslarini otish madaniyatiga asos soladi, oz kasbiga muxabbat uygota borib, bilim, konikma va malakalarini hosil qiladi.
«Talim togrisida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uqtirib otilganidek, talabalarga zamonaviy politexnik talim, mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yollash ishlarini orgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning uchun maktablarda mehnat darslarini tashkil qilish uchun avvalo pedogogika oliy yurtlarida yaxshi jihozlangan oquv jihozlari, laboratoriya va oquv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni orgatish kerak boladi. Bolgusi mehnat darsidan dars beruvchi oqituvchi, oliy oquv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va konikmalariga suyangan holda dars beradilar.
Minnatdorchilik: Ushbu uslubiy kurstmani tayyorlashda «Texnologik talim» yonalishi 3 kurs talabasi Ulugbek Mamadjonov matnlarni terishda, kompyuter grafikasi bilan ishlashda yaqindan yordam berdi.
MAVZU: «OQUV USTAXONALARIDA MEHNAT HAVFSIZLIGI TEXNIKASI VA YONGIN HAVFSIZLIGI»
MAQSAD: Oquv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yongin havfsizligi bilan tanishtirish.
AMALIY KONIKMALAR
mehnatni xavfsiz tashkil etish;
yonginga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish.
NAZARIY BILIMLAR
payvandlash ishlarini bajarishda shikastlanish turlari va sabablari;
shikastlanishning oldini oluvchi chora-tadbirlarni tarkibi;
elektrpayvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizligi;
issiqlik va yoruglik nurlaridan saqlanish choralari;
zararli chang va gazlar zaharlanishdan saqlanish choralari;
ish joyini shamollatish (havoni tozalash) usullari;
elektr va gaz payvandlash jihozlarini ishlatish qoidalari;
jamokor (maxsus kiyim) va ularni kiyib yurish qoidalari;
yongin chiqishining asosiy sabablari;
yonginning oldini olish chora tadbirlari;
yonginni ochirishda birlamchi vositalardan foydalanish qoidalari;
yonginni bartaraf (ochirish) etishda ozini tutish qoidalari;
yongin chiqqanda odamlarni kochirish (evakuatsiya) rejalari
MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MALUMOTLAR
Shikastlanish turlari. Eritib payvandlashda payvandchiga u yoki bu darajada havfli tasir qiluvchi quyidagi xolatlar mavjud:
insonning elektr zanjirni tok otkazuvchi qismiga tegishi natijasida elektr toki tasirida shikastlanishi;
elektr yoki nurlardan koz va terining ochiq yuzalarining shikastlanishi;
payvandlash jarayonida ajralib chiquvchi zararli gazlar, xonani changlar bilan ifloslanishi va har xil moddalar buglanishidan zaharlanishi;
payvandlashda metal va shlak tomchilaridan kuyishi;
bosim ostidagi gaz ballonlaridan notogri foydalanganda, yonuvchan moddalar saqlangan idishlarni payvandlaganda hamda yonuvchan va portlashga moil moddalar yaqinida payvandlagandagi portlashlar;
payvandlashda erigan metal va shlaklardan yonginlar chiqishi;
ogir buyumlarni payvandlashga tayyorlash va payvandlash jarayonidagi har xil turdagi mexanik xarakterga ega bolgan shikastlari;
Payvand choklarni gamma yoki rengen nurlari bilan nurlanishi.
Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish. Eritib payvandlashda payvandlash manbai sifatida kuchlanishi ozgarmas tokda 110 V, ozgaruvchan tokda 80 V va plazma yordamida payvandlash va kesishda 170200 V ishlatiladi. Shuning uchun ularda elektr yoyi uzilganda 0,5 sekund ichida tokni ochiruvchi avtomatik jihozlar bolishi shart.
Inson tanasining elektr qarshiligi turgun bolmaganligi sababli terining quruq xolatida qarshilik 800020000 OM ni tashkil etadi (qol nam bolganda, terining shikast joylarida qarshilik 4001000 OM gacha pasayadi). Xavfsiz kuchlanish 12 V gacha hisoblanadi (kochma yoritgich). Agar payvandchi tor xonada ishlayotgan bolsa va metal yuzalarining kop maydoni bilan aloqada bolsa, elektr tokidan shikastlanishni oldini olish uchun quyidagilarga:
· payvandlash transformatori va yoyi bilan bogliq hamma simlar mustahkam (ishonchli) izolatsiyalangan bolishi va payvandlash transformatorining qobigi sim orqali yerga ulangan bolishi;
· taminlash manbai qobigi, apparat qutisi, yordamchi elektr jixozlar yerga ulanishi;
· yerga ulanadigan simning kondalang kesimi 25 mm
2
· payvandlash jixozlarini ulash, ochirish, tamirlash ishlarini faqat navbatchi elektromanter tomonidan bajarilishi;
· taminlash manbalarida yuqori kuchlanishlarni ochiruvchi avtomatlardan qollanilishi;
· elektrod ushlagichning ishonchli tuzilishi, izolatsiyalangan bolishi ish jarayonida metal yoki payvandchining qoliga tok otkazuvchi qismlarni tegmasligi, elektrod ushlagich yuqori mexanik chidamlikga va 8000 ga yaqin elektrodni siqib (ushlab) turishga moljallangan bOlishi;
· yoritish manbai 12 v dan oshmasligi jamokor va qolqoplar butun va quruq bolishi, tor va yopiq joylarda ishlaganda rezina kalish va gilamcha ishlatilishiga rioya qilish shart.
Yuqorida aytib otilgan talablar bilan birga elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun yuqori kuchlanish zanjirining klemma va siquvchi boltlariga tegish, avtomat mexanizmlarining qopqoqlarini yechish, apparat qutisining eshiklarini ochish, transformatorlarini sozlash va boshqalar man etiladi.
Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish. Payvandlash yoyi yoruglik nurlarining manbai hisoblanib, uning nuri tasiridan koz 1015 soniyada nurlanib kuyishi mumkin. Uzoq muddat nur tasiridan koz qorachigining ishdan chiqishi va korish qobiliyati yoqolishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari oftobning infraqizil nurlar kabi togridan togri tasiridan, koz qorachigini xiralashishiga va terini kuydirishga olib keladi. Yoy nurlari tasiri faqat payvandchiga emas, balki yordamchilarga ham zarar yetkazadi. Kozga xavfli jarohat yetishidan saqlash uchun albatta muxofazalovchi oyna tutilish kerak. Maska va shchitoklarga ornatilgan muxofazalovchi oynalarning tashqarisi oddiy oyna bilan yopiladi va erigan metal sachrashidan saqlaydi. Shchitoklar izolatsiyali materiallardan (fibra, fanera) tayyorlanadi. Ularning tashqi tuzilishi va olchamlari payvandchining yuzi va boshini muhofaza qilishi kerak.
Kabinadan tashqarida ishlaganda atrofdagilarning kozlarini yoy nuridan muhofaza qilishi uchun tosgichlardan va shchitoklardan foydalanish kerak.
Erigan metall va shlakning sachrashidan himoya qilish. Yoyli payvandlashda, erigan metall tomchilarining harorati 1800
0
Aerozol va zararli gazlardan zaharlanishning oldini olish. Yoyning yuqori harorati (60008000
0
«B» qobigli elektrod va flyus ostida payvandlashda ftor birikmalari ajralib chiqadi.
Payvandchining nafas olish organlarida bu gazlarning konsentratsiyasi N
2
5
4
2
2
2
Payvandchining sogligiga koproq marganes aerozoli hafli, chunki u bilan zaharlanganda markaziy nerv tizimi uzoq muddatga ishdan chiqib, xatto shol xolatiga ham keltirishi mumkin.
Rux, qorgoshin, xrom angidridi inson nfas olish organlarini otkir zaharlab, surunkali kasalliklargacha olib keladi. Uzoq muddatda opkada changlarning yigilishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.
Hamma korsatilgan shikastlanishlar payvandlashda xavfsizlik texnikasini qopol ravishda buzganda, umumiy va mahalliy havo tozalash taminlanmasa, shaxsiy muhofaza vositalari (maska, raspirator) dan, ayniqsa rangli metal va ularning qotishmalarini payvandlashda, shuningdek tor va yopiq joylarda payvandlashda havoni tozalashning yetishmasligidan va hokazolar oqibatida roy berishi mumkin.
Payvandlash ishlarida havoni tozalashning qatiy talablari mavjud. Bular payvandlash aerozolini ushlash uchun mahalliy havo tortish shkaflari va bir tekis havo sorilishi uchun vertikal yoki qiya panellar, reshetka (panjarali) havo sorish vositali stollar va boshqalar kiradi.
Kochma payvandlash postlarining yopiq va yarim yopiq joylarida ishlaganda mahalliy, ejektor tipidagi, havo sorish jihozi ishlatiladi. Bunda bitta payvandlash postidan 400500 m3/soat, lekin 100150 m
3
Portlash havfini oldini olish. Bosim ostidagi gaz ballonlarini notogri tashish, saqlash va ishlatishda, har xil idishlarda oldindan tozalamay payvand ishlarni olib borganda, ular ichidagi yonuvchan moddalar qoldiqlaridan portlash havfi kelib chiqadi.
Bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda quyidagi ornatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur:
· ballonlarni tashlamaslik;
· isitish jihozlari yonida ushlab turmaslik;
· yonuvchi gaz va kislorod ballonlarini bir joyda saqlamaslik;
· ballonlarni vertikal holda saqlash.
Karbonat angidridli ballonlarni reduktorida nam muzlaganda faqat maxsus elektr isitgich yordamida isitish kerak, yoki issiq suvda hollangan latta qoyib isitiladi (eritiladi). Har qanday bosim ostidagi gaz ballonlarini ochiq alanga bilan isitish qatiyan man etiladi, chunki bu togridan togri portlashga olib keladi.
Idishlar ichida payvand ishlarini olib borishdan oldin unda qanday mahsulot saqlanganligi va uning qoldigi aniqlanadi. Idishlar qoldiqlardan puxta tozalanadi va 23 marotaba 10% li ishqor eritmasi bilan yuviladi, undan keyin havo bilan puflab undagi hidlardan tozalanadi. Bu hidlar payvandchiga zararli tasir qiladi. Idishlarni kislorod yordamida puflab tozalash qatiyan man etiladi, chunki bu holda kislorodning kiyim-kechakka va teriga tushishi har qanday ochiq alanga shiddat bilan kiyimni yonishga olib keladi, oqibatda kuyish natijasi olimga olib kelishi mumkin.
Katta xajmdagi changsimon organik moddalar (oziq-ovqat uni, torf, toshkomir) bor xonada ham portlash xavfi mavjud boladi. Bu chang malum konsentratsiyada katta portlashlarga olib kelishi mumkin. Bunday xonalarda payvand ishlari olib borish uchun yaxshilab havosi tozalanishidan tashqari ot ochiruvchilar korxonasidan maxsus ruxsatnoma bolishi kerak.
Erigan metall va shlaklardan yonginning oldini olish. Metal bilan qoplangan yogoch yoki yonuvchan izolyatsion materiallar, yoki tez yonuvchan materiallar oldida payvand ishlarini bajarganda yongin chiqishi havfi mavjud. Hamma korsatilgan payvandlash variantlariga yol qoyilmasligi kerak.
Shaxsiy gigiyena qoidalari. (maxsus kiyim) jamokor butun yaroqli holatda, chontak qopqoqlari tashqariga chiqarilgan, shim oyoq kiyim ustida bolishi kerak. Chontak qopqoqlarini chontak ichiga, shimlarni etik ichiga tiqilsa, erigan metal choglari tushib kuyishi mumkin. Bosh kiyim soyabonsiz bolish kerak, chunki soyabon muhofaza shitogini yoki maskani togri kiyishga halaqit beradi. Oyoq kiyim har doim tepasi yopiq va albatta iplari taqilgan bOlishi shart.
Tananing hamma qismi payvandlash yoyi nuridan yaxshi muhofazalangan bOlishi kerak.
Payvandlash jarayonida badanning hamma qismi ayniqsa koz puxta himoyalanishi zarur.
Qolqop, kurtka yengini zich yopib turish kerak. Payvanchi metal yuza ustida yotib yoki otirib ishni bajarsa, tagiga rezina toshama solish kerak. Tizza va tirsaklarga kigizdan tikilgan tizzaband va tirsakband kiyish kerak. Nam joylarda payvandlashda rezina etik kiyilishi kerak.
Yongin xavfsizligi. Sexlarda yonginni kelib chiqishi sabablari qoyidagilar:
· yengil yonuvchan modda va yonilgilar;
· suyultirilgan yonuvchi gazlar;
· qattiq yonuvchi materiallar;
· idish va apparatlardagi yonuvchan bosim ostidagi mahsulotlari;
· ish jarayonida elektr uchquni chiqaruvchi elektr qurilmalar va boshqalar sabab boladi.
Yonginning oldini olish maqsadida quyidagilar:
· yog», moy, benzin, kerosin va boshqa yonilgi izlari bor kiyim va qolqoplardan foydalanish;
· yangi boyalgan qurilmalarni, elektr toki mavjud bolgan apparatlarni, va bosim ostidagi idishlarni, suyuq yonilgi saqlangan idishlarni maxsus tayyorgarlik kormasdan kesish va payvandlash man etiladi.
Yonginni ochirish vositalariga suv, kopik, gazlar, bug», kukunsimon birikmalar va boshqalar kiradi.
Yonginni suv bilan ochirilayotganda maxsus ot ochirish qurilmalari, ot ochirish mashinalarida va ot ochirish shlanglari ishlatiladi. Bu qurilmalarga suv maxsus quvurlar orqali uzatiladi. Kopchilik ishlab chiqarish va mamuriy binolar ichida suv quvur tarmogiga ulangan ot ochirish kranlari mavjud.
Har bir payvandlash postida ot ochirgich, bochka yoki suv bilan chelak, hamda qum solingan sandiq va belkurak bolishi kerak. Payvandlash ishlari tamomlangach ish joyi va atrofni tekshirish kerak.
KERAKLI OQUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR
a) Elektr payvandchining payvandlash posti;
b) Gaz payvandchining payvandlash posti;
c) avtomat va yarim avtomatlarda payvandchining payvandlash posti;
d) Kontakt (ulash) yoli bilan payvandlash posti;
e) Korxonaga oid xavfsizlik texnikasi va yonginga qarshi tadbirlar yoriqnomasi;
f) Xavfsizlik texnikasi va yongin xavfsizligiga oid plakatlar;
g) Yonginga qarshi shit (taxta);
h) Shaxsiy ximoya vositalari komplekti (toplam);
i) Payvandlangan buyumlar namunasi.
OQUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLAR
1. Agar payvandlash yoyi nurlaridan tananing ochiq joylarini muhofaza qilinmasa qanday turdagi shikastlanish boladi?
a) Kuyish;
b) Organizmning zaxarlanishi;
s) Ultra binafsha
s) Elektr toki urishi.
2. Nam joylarda ishlaganda qanday oyoq kiyim kiyiladi?
a) Charmli batinka;
b) Rezinali batinka;
s) Kerzli etik.
3. Quruq xonalarni yoritish uchun elektr tokining qanday kuchlanishi ishlatiladi?
a) 12 V;
b) 220 V;
s) 36 V.
4. Inson umriga qaysi tok kuchi havfli?
a) 0,1 A dan yuqori;
b) 0,1 A dan past;
s) 0,05 A.
5. Qaysi nurlar terini kuydirishi mumkin?