Elektr va gaz payvandlash. Monografiya - Botirov Qodir Abdullayevich 2 стр.


a) Infra qizil;

b) Gamma nurlari;

6. Qanday masofada payvandlash yoyining nuri tasir qiladi?

a) 25 m;

b) 20 m;

s) 40 m.

7. Mamuriy va ishlab chiqarish binolarida yonginni suv yordamida ochirishi uchun nimalar kozda tutilgan?

a) Ot ochirish krani;

b) Ot ochirgich;

s) Qum solingan sandiq.

8. Shchitok va maska nima uchun kerak?

a) Koz va yuzini himoyalash uchun;

b) Bosh va kozini himoyalash uchun;

s) Korish qobiliyatini himoya qilish uchun.

9. Yerga ulangan sim (zazemleniye) nima uchun ishlatiladi?

a) Jihoz va payvandchini himoya qilish uchun;

b) Tok kuchini uzatish uchun;

s) Yoyni yondirish uchun.

10. Payvandchining ish joyida yonginga qarshi qanday anjomlar bolishi kerak?

a) Chelak, ot ochirgich, qum solingan sandiq;

b) chelak suvi bilan ot ochirgich;

s) Ot ochirgich, chelak, qum solingan sandiq, belkurak.

MAVZU: «ATSITILINLI VA KISLORODLI BALONLARNING TUZULISHI VA VAZIFASI. REDUKTORLARNING NOSOZLIKLARI VA ULARNING BARTARAF ETISH USULLARI»

MAQSAD: Atsetilen generatori, kislorod balloni va gaz gorelkasini ishga tayyorlashni oquvchilarga orgatish

EGALLANADIGAN AMALIY KONIKMALAR

 gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish;

 atsetilen generatorini ishga tayyorlash;

 saqlovchi zatvorni ishga tayyorlash;

 kislorod ballonini ishga tayyorlash;

 kislorod reduktorini ishga tayyorlash;

 gaz gorelkasini ishga tayyorlash.

SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR

 gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish qoidalari;

 atsetilen generatorining tuzilishi va ishlash prinsipi;

 saqlovchi zatvorning tuzilishi va ishlash prinsipi;

 atsetilen generatoriga xizmat korsatishning asosiy usullari;

 kislorod balloniga xizmat korsatishning asosiy usullari;

 kislorod reduktoriga xizmat korsatishning asosiy usullari;

 gaz gorelkasiga xizmat korsatishning asosiy usullari.

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MALUMOTLAR

Kislorod ballonini ishga tayyorlash. Gaz bilan payvandlash va kesish uchun kislorod 150 va 150L tipidagi polat ballonlarda keltiriladi. Kislorod balloni (1-rasm) polatdan butun yasalgan silindrik idish (3) dir, uning tubi (1) qavariq bolib unga boshmoq (2) presslangan; yuqoridan ballon bogiz (4) bilan yakunlandi. Bogizda konus shaklida teshik bolib, unga qulfli ventil (5) buralgan. Bogizga ventilni himoya qilish maqsadida saqlovchi qalpoq 3 (6) buraladi.Gaz bilan payvandlash va kesishda ishlatiladigan ballonlar 40 dm3 sigimga ega. Bu ballonlarning olchamlari quyidagicha: tashqi diametri-219 mm, devorlari qalinligi-7 mm, balandligi-1390 mm, ogirligi gazsiz-67 kg.



Reduktorlar.



Teskari tasir qiluvchi reduktor (2-rasm, a) quyidagicha ishlaydi. Siqilgan gaz ballondan yuqori bosimli kamera (8) ga otadi va klapan (9) ni ochilishiga qarshilik korsatadi. Gorelkaga yoki rezakga gazni yuborish uchun qopqoqga ornatilgan sozlovchi vint (2) ni soat strelkasi yonalishi boylab buraladi. Vint (2) siquvchi purjina (3) ni siqadi, oz navbatida egiluvchan rezina membrana (4) ni yuqoriga egadi. Bunda uzatuvchi disk shtogi bilan birga teskari prujina (7) ni siqadi va klapan (9) ni kotarib, gazni past bosimli kamera (13) ga otishi uchun teshikni ochadi. Klapanni ochilishiga kameradagi yuqori bosimli gaz bilan birga prujina (7) ham tosqinlik qiladi.

Tanlangan bosimni avtomatik ushlab turilishi quyidagicha sodir boladi: agar gorelka yoki keskichga gaz uzatilishi kamaysa, past bosimli kamerada gaz bosimi ortadi, prujina (3) siqiladi va membrana (4) togrilanadi (tekislanadi), uzatuvchi disk shtogi (5) bilan pastga tushadi va klapan (9) prujina (7) tasirida past bosimli kameraga gaz otishini kamaytirib, klapan (10) egarini berkitadi. Gazni uzatilishi (ishlatilishi) ortganda bu jarayon avtomatik ravishda qaytariladi.

Yuqori bosimli kamera (8) dagi bosim monometr (16) bilan, past bosimli kamera (13) dagi bosim esa monometr (11) bilan olchanadi. Agar ish kamerada bosim normadan ortib ketsa, saqlovchi klapan (12) yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi.

Togri tasir qiluvchi reduktorlar. (2-rasm b) da gaz shtutser (3) orqali yuqori bosimli kamera (6) ga otadi va klapan (7) ga tasir korsatib uni ochishga harakat qiladi (teskari tasir qiluvchi reduktorlarda esa yopishga harakat qiladi). Reduksiyalovchi klapan (7) qulfli prujina (5) ning egariga suyanadi va yuqori bosimli gazni otishga tosqinlik qiladi. Membrana (1) reduksiyalovchi klapan (7) ni egardan surishga va yuqori bosimli gazni past bosimli gaz kamerasi (10) ga ochib otkazishga harakat qiladi. Oz navbatida membrana (1) ozaro qarama-qarshi ikki kuch tasirida turadi. Tashqi tomondan membrana 1 ga bosuvchi (siquvchi) vint (12) orqali siquvchi prujina (11) tasir qiladi, u oz navbatida reduksiyalovchi klapan (7) ni ochishga harakat qiladi. Reduktor kamerasining ichki tomonidan esa membranaga siquvchi prujina (11) ga qarshi tasir qiluvchi past bosimli gaz tasir qiladi. Ish (past bosimli) kamerada bosim kamayganda siquvchi prujina (11) togrilanadi va egardan ketadi, bunda reduktorga gaz oqimini otishi ortadi. Ishlovchi kamera (10) da gaz bosimi ortganda siquvchi prujina (11) siqiladi, klapan egarga yaqinlashadi va gazni reduktorga otishi kamayadi.

Payvandlash gorelkalari, ularning vazifalari va tuzilishi. Payvandlash va eritib yopishtirishda gorelkalar gaz alangasida payvandlovchining asosiy ish quroli hisoblanadi. Payvandlash gorelkasi yonuvchi gazlarni kislorod bilan aralashtirish uchun xizmat qiluvchi va payvandlash alangasini hosil qiluvchi asbob deb ataladi. Har bir gorelka payvandlash alangasining quvvati, tarkibi va shaklini sozlovchi moslamaga ega.

Payvandlash gorelkalari quyidagicha:

yonuvchi gaz va kislorodni aralashtiruvchi kameraga uzatish usuliga qarab  injektorli va injektorsiz;

qollaniladigan yonuvchi gaz turiga qarab- atsetilen, suyuq yonilgi va vodorodni ishlatadigan, vazifasiga qarab  universal (payvandlash, kesish, kavsharlash, eritib qoplash) va maxsuslashtirilgan (bitta operatsiya (ishni) ni bajarish uchun);

alanga soniga qarab-bir alangali va kop alangali;

alanga quvvatiga qarab-mikro quvvatli gorelka (atsetilen sarfi 560 l/soat), kam quvvatli (25700 l/soat) orta quvvatli (500¸2500 l/soat), katta quvvatli (25007000 l/soat); tadbiq qilinishga qarab-dastaki (qolda) va mashinali.

Injektorli gorelkalar. Bunda yonuvchi gazni aralashtirish kamerasiga uzatilishi soplo teshigidan katta tezlikda kislorod oqimi sorilishi hisobiga bajariladi. Katta bosimdagi kislorod oqimi yordamida kam bosimdagi gaz oqimini sorilishiga injeksiya deyiladi.



Injektorsiz gorelkalar. Yonuvchi gaz va kislorod taxminan bir xil 0,050,1 MPa bosimda uzatiladi. Ularda injektori yoq, uning ornida gorelka uchligining trubkasiga buraladigan oddiy aralashtirish saplosi qoyilgan.

Injektorsiz gorelka sxemasi 4-rasmda korsatilgan. Kislorod rezina shlang boylab nippel (4) orqali sozlovchi ventil (3) va maxsus taqsimlovchi kanaldan gorelkaning aralashtirish kamerasiga otadi. Atsetilen shunga oxshash nippel (5) va ventil (6) orqali aralashtirish kamerasiga otadi. Aralashtirish kamerasidan yonuvchi aralashma uchlik (2) trubkasi orqali otib mundshtuk (1) dan chiqadi va yonib payvandlash alangasini hosil qiladi. Normal payvandlash alangasini hosil qilish uchun yonuvchi aralashma gorelkaning mundshtugi kanalidan malum tezlikda chiqishi kerak. Bu tezlik yonish tezligiga teng bolishi kerak. Agar chiqish tezligi yonish tezligidan ortiq bolsa, alanga mundshtukdan uziladi va ochadi. Chiqish tezligi yonish tezligidan kam bolganda, alanga uchlik ichida yonadi. Demak injektorsiz gorelkalar kam universal, chunki faqat orta bosimli yonuvchi gazlarda ishlaydi. Injektorsiz gorelkada normal ishlash uchun payvandlash posti kislorod va atsetilen ish bosimini avtomatik tengligini taminlovchi teng bosim regulatori bilan taminlanadi.


KERAKLI OQUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR

a) gaz alangasida payvandlash posti;

b) atsetilen generatori;

c) kislorod balloni reduktor bilan birga;

d) gaz gorelkasi katta bosimli shlanglar bilan;

e) 3,5 kg dan karbid kalsiy  har bir atsetilen generatoriga;

f) suv idishi;

g) plakatlar (multimedia vositalari);

h) asbob va moslamalar (metal chotka, bolga, zubilo);

i) gaz alangasida payvandlovchining jamokorlari;

j) elektr yondirgich (gugurt).







O«QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI

1. Kislorod balloni qanday rangga boyaladi?

a) qizil; b) kul rang;

c) oq; d) havo rang.

2. Nechta tipda gorelkalar mavjud?

a) N1, N2, N3 va N4; b) kichik, orta va katta quvvatli;

c) kichkina, orta va katta; d) injektorli, injektorsiz.


3. Kislorodni ishlaydigan bosimi qanday bolishikerak?

a) 0,12 MPa; b) 1,5 MPa;

Назад