LaTeX ga kirish. Darslik - Abduraxmonov Sultonali Mukaramovich


LaTeX ga kirish

Darslik


Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Muharrir Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muharrir Boxodir Xoshimovich Karimov

Muharrir Salim Madraximovich Otajonov

Illustrator Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov

Illustrator Ibratjon Xatamovich Aliyev

Muqova dizayni Sultonali Mukaramovich Abraxmonov

Muqova dizayni Ibratjon Xatamovich Aliyev

Taqrizchi, Fargona davlat universiteti kafedra mudiri, fizika-matematika fanlari doktori, professor Karimberdi Egamberdiyevich Onorqulov

Taqrizchi, Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Mamatiso Latibjanovich Djalilov

Korrektor Oqiljon Axmedovich G'ofurov


© Sultonali Mukaramovich Abduraxmonov, 2023


ISBN 978-5-0059-2939-6

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

Annotasiya

Ozbekiston Respublikasining taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib orin egallashi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish uchun fuqarolarning, ayniqsa ziyolilarni manaviy salohiyati, iqtisodiy ozgarishlarni togiri talqin qilishlari va bu jarayonlarni boshqara olishlari hamda XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob bera olishlari uchun oquv maskanlarida sifatli kadrlarni etkazib berish masalasi dolzarb hisoblanadi. Shu borada «LaTeX ga kirish» fani ham kelajak mutaxassislarini zamon talabidan kelib chiqqan holatda matnli malumotlarni innovatsion tamoyillar asosida qayta islash va chop etishga tayorlash texnologiyalari boyicha bilim va konikma beradi.

Ushbu darslik xozirgacha mavjud adabiyotlar, maqola, taqdimotlar va korsatmalar asosida tayyorlandi. Barcha foydalanilgan materiallar nomlari va manzillari korsatib otildi. Darslikda keltirilgan har bir misol tizimda sinalgan.

Darslikdagi materiallar ketma-ketligi fan boyicha tavsiya etilgan fan dasturiga mos keladi. Har bir mavzudan keyin mavzu boyich nazorat savollari, topshiriqlar berilgan. Talaba mavzularni ozlashtirish darajasini aniqlash uchun savollarga mustaqil javob berishi va topshiriqlarni bajarishi yetarli. Bundan tashqari fan boyicha glossariy va test savollari toplami berilgan. Shuning uchun oquv qollanmadan fanni mustaqil organuvchilar ham keng foydalanishi mumkin.

Kirish

Respublikada talim sohasidagi islohotlar olib borilayotgani ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning uzviy va hal qiluvchi yonalishlaridan biri ekanligini korsatadi. Erkin demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotga erishish va aholi farovonligini taminlash kabi pirovard maqsadlarga talim sohasini tubdan ozgartirmasdan va zamonaviy asosda qayta qurmasdan turib erishib bolmaydi. Oliy oquv yurtlarida tayorlanayotgan kelajak kadlarini zamon talablari asosida tayorlash mamlakatni rivojlangan mamlakatlar qatoriga qoshlishida muxim omil bolib qolmoqda. Kelajak kadrlarini sifati, imkoniyatlari mutaxassislik fanlari tarkibiga bogliq. Shuning uchun oquv reja tarkibiga fanlarni kiritishda fanni mutaxassisligidan kelib chiqilishi, uni zamon talabidan belgilanishi zarur. Har bir fan tarkibi soxani kelajakdagi yonalishiga mos bolish, mutaxasisni kelajakka tayorlab borish kerak. «LaTeX ga kirish» fani ham axborot kommunikatsiyalari soxasi mutaxasislariga ilmiy  matematik matnli informasiyalarni qayta ishlash, ifodalash va chop etishga tayorlash masalalarini yechishga tayorlashga qaratilgan. Fan «Axborot kommunikatsiyasi sohasida kasbiy talim» bakalavr talim yonalishi oquv rejasiga asosiy fan sifatida kiritilgan. Lekin «LaTeX ga kirish» fani boyicha ozbek tilida adabiyot mavjud emas. Shuning uchun fandan darslik tayorlanishi dolzarbdir.

Darslikni tayyorlashda ingiliz va rus tilida chop etilgan adabyotlardan foydalanildi. Asosiy adabiyot sifatida. 2003 yilda chop etilgan «С. М. Львовский, Набор и вёрстка в системе L A T E X qollanmasi olindi.

LaTeX tizimi matematika, kimyo, umuman texnika yonlishida maqola, kitob va boshqalarni standart korinishlarda ifodalash uchun yaratilgan. U matematik ifoda, formula tenglamalarni muallif tomonidan kompyuterlarda qayta ishlashni tashkil etish uchun moljallangan. Tizim matn tarkibiga tasvirlarni ixtiyoriy korinishda kiritish, sodda chizmalarni chizish imkoniyatini ham beradi.

Darslikni asosiy maqsadi, tizimni organuvchilarga maksimal sharoit yaratish maqsadida har bir mavzu aniq misollar bilan tushintirishga yonaltirish boldi. Misollar foydalanishga tayyor bolib, har biri kompanovka qilinib, olingan natijalar keltirilgan. Organuvch keltirilgan misollarni LaTeX tizimiga kiritib, natija olishi va ozgarishlar kiritib tizim buyruqlarini misollar asosida amaliy ozlashtirish imkoniyatiga ega.

1. «LATEX ga kirish» fanining mazmuni, predmeti va usullari

1.1. LaTeX dan foydalanish asoslari

LaTeX matnli malumotlarni chop etishga tayyorlash, matnli informatsiyalarni qayta ishlash, bir joydan ikkinchi joyga matnli informatsiyalarni ozgarishsiz uzatish va saqlash uchun yaratilgan tizimdir. Bu tizimni asoschisi amerikalik matematik va dasturchi Donald Knutdir (Donald E. Knuth). U bu tizimni matematika yonalishidagi ilmiy maqolalarni oson kompyuterga kiritish maqsadida otgan asrni 70 yillarida yaratgan. U yaratgan tizim TeX deb atalgan. Kunt tizim tilini yaratishdan tashqari u uchun translyator dasturini ham yozgan. Yaratilgan tizimda tayyorlangan matnli informatsiyalar korinishi ixtiyoriy konfiguratsiyadagi kompyuterga kiritilganda ham ozgarishsiz qolgan. Keyinchalik tizimni makro birlashmalarga aylantirilgan va xozirgi xolatga yetib kelgan. Biz foydalanayotgan LaTeX tizimini Lesli Lemport (Leslie Lamport) tomonidan tashkil etilgan.

Xozirda LaTeX bilan birgalikda PlainTEX, AMS-TEX kabi ilovalar ham keng foydalanilmoqda. PlainTEX  asosan murakkab matnlarni qayta ishlash va boshqa ilovalarga matnlarni otkazishni yengillashtiruvchi ilova sifatida qollaniladi. U ham Donald Knut tomonidan yaratilgan.

LaTeX paketi yordamida turli korinishdagi maqolalar, hisobotlar, taqdimotlar, bundan tashqari butun boshli kitoblarni yozish mumkin. Unda turli matematik formulalarni yozish juda qulay, shuningdek, jadvallar yaratish, havolalar bilan ishlash, raqamli va belgili royxatlar hosil qilish kabi amallar avtomatlashtirilgan. Bundan tashqari, yana boshqa qoshimcha paketlar ham bor bolib, ularning yordamida hujjat yaratish birmuncha oson va qiziqarli korinishga keladi.

Paketning ilk versiyasi 1984-yilda Lesli Lemport tomonidan ishlab chiqilgan. Hozirgi versiyasi LaTeX

2

Ushbu paket yordamida yaratilgan fayl kengaytmasi *. tex kengaytmaga ega boladi. Hozirgi kunda zamonaviy analitik sistemalar, masalan, Maple, Mathematica, Maxima yoki Reduce kabi amaliy paketlarda yaratilgan hujjatni *. tex formatga otkazish imkoniyati mavjud.

Umuman olganda, dastur imkoniyatlari cheklanmagan (yangi makroslarni dasturlash imkoniyati tufayli). Quyida yuklab olish mumkin bolgan imkoniyatlari keltirilgan:

· Hujjatni tarkibiy qismlarga ajratish;

· Xatboshi, sozlar orasidagi bosh joylarni avtomatik aniqlash;

Graflar, diagramma va sxemalarni chop etish;

· Organik kimyo va Noorganik kimyoga tegishli kimyoviy formulalar va molekulyar boglanishlarni tasvirlash;

· Matematik formulalar, tenglamalar, tenglamalar sistemasi, operatorlarni tasvirlash;

· Bibliografiyalar hosil qilish va ularni tahrirlash;

· Formula, rasm, jadvallar uchun havolalar yaratish va tahrirlash;

· va hokazo.

Bir soz bilan aytganda TeX tizimi matnlarni kitoblarda qanday korinishda chop etilishi kerak bolsa shu korinishda kuzatish va yuqori poligrafik sifatga erishish uchun qollaniladi.

Tizimni yutuq va kamchiliklari umumlashtirilgan holda quyidagicha keltirish mumkin:

 Bu tizimda tayyorlangan matn boshqa bir kompyuter yoki boshqa operatsion tizim, redaktorga otkazilganda shaklini ozgarishsiz saqlaydi;

 Tayorlangan matnni shrift, mavzular, tematikalar (oglavleniye), bolimlarni nomerlash tashqaridan, yani matn ichiga kirmasdan buyruq asosida bajarilishini tashkil etadi;

 Abzaslarni sozlash va matematik formulalarni kiritishni yuqori darajada amalga oshirish imkoniyatini beradi;

 Tayorlangan matnli informatsiyani qabul qilish va qayta ishlash uchun bir tizimdagi kompyuter tanlash shart emas, matnni ixtiyoriy turdagi printerda ozgarishsiz chop etilishi taminlaydi.

Tizimda quyidagi kamchiliklar kuzatiladi:

 Matnni qayta ishlashda kundalik foydalanilayotgan matn redaktorlari singari matn korinishini bevosita kuzatish imkoniyati mavjud emas;

 Matn korinishini tubdan ozgartirish uchun matn strukturasini qayta korib chiqish zarur.

 Matnga jadval, grafik yoki tasvirni joylashtirish uchun maxsus buyruqlarga murojat qilish zarur boladi.

Nazorat savollari

1. LaTeX ni kim ishlab chiqqan?

2. LaTeX va Tex ortasidagi farq nima?

3. Qanday Tex ilovalari ishlab chiqilgan?

4. Tex nima uchun ishlatiladi?

5. Ushbu tizimni organishdan maqsadi nima?

Topshiriqlar

1. Internet tarmogidan foydalanib xozirda mavjud bolgan matn redaktorlarini aniqlang va ularni imkoniyatlarini tahlil eting.

Ilmiy texnik matnlarni chop etishga yonaltirilgan amaliy dasturlarni tahlil qiling va eng optimal imkoniyatga ega bolganlarini nomlarini keltiring.

1.2. Kompyuterga LaTeX ni ornatish

LaTeX tizimi quyidagi dasturlar yigindisi korinishida faoliyat yuritadi:

 kompilyator (MikTeX);

 matn redaktori (TeXMaker);

 tayyorlangan matnni ekranga chiqarish dasturi (SumatraPDF).

Bu yerda shuni takidlash lozimki, TeXMaker va SumatraPDF dasturlari orniga boshqa dasturlardan ham foydalanish mumkin. Boshqa dasturlani internet orqali olish, ularni ornatish va sozlash tizimlari boyicha instruksiyalar bilan tanishish mumkin. Faqat biz kundalik faoliyatda keng foydalaniayotgan dasturlar tizimiga toxtalmoqchimiz.

Dasurlarni quyidagi internet manzillaridan bepul yuklab olish mumkin:

a. MikTeX: http://miktex.org/download;

b. TeXMaker:

http://www.xm1math.net/texmaker/download.html#windows;

c. SumatraPDF: http://www.sumatrapdfreader.org/download-free-pdf-viewer-ru.html.

Bu yerda shuni aloxida etiborga olish lozimki, tanlangan dasturlar versiyasi ornatilmoqchi bolingan kompyuter razryadiga mos bolishi kerak.

Kompanovkachi MikTeX ni 2.9 versiyasi 32 bit razryadli kompyuterga ornasa, 20.6 versiyasi 64 bit razryadli kompyuterga mos boladi. Xuddi shuning singari TeXMaker va SumatraPDF dasturlari uchun ham kompyuter razryadiga mos versiyalari tanlanadi.

Kompyuterga dasturlar yuklab olingandan keyin, sanab otilgan ketma ketlikda ornatiladi. Ornatish jarayonida foydalanuvchi «Admin» statusida bolishi kerak.

Xar bir ornatilgan dasturni togri ornaganligini sinab korish uchun uni operatsion tizim «pusk» knopkasidan ornatilagan dasturni ishga tushirish faylini topib ishga tushirish kerak.

MikTeX dasturini (asosiy kompanovshik dastur) ishga tushirish uchun quyidagi dastur ishga tushiriladi:


Rasm 1.1. MikTeX dasturini «Admin» statusida ishga tushirish.


MikTeX dasturini kompyuterga tola ornaganligini quyidagi ekranni chiqishi tasdiqlaydi:


Rasm 1.2. MikTeX dasturini yuklanganligini korsatuvchi oyna.


TeXMaker dasturini ishga tushirish quyidagicha amalga oshiriladi:


Rasm 1.3. TeXMaker dasturini ishga tushirish.


Ekranda quyidagi interfeys xosil boladi:


Rasm 1.4. TeXMaker dasturini ekran interfeysi.


SumatraPDF dasturini ornatilganini tekshirish uchun ishga tushirish quyidagicha:


Rasm 1.5. SumatraPDF dasturini yuklash.


Ekranda quyidagi xosil boladi:


Rasm 1.6. SumatraPDF dasturini yuklanganligini korsatuvchi oyna.

Nazorat savollari

1. LaTeX funksiyasini aytib bering

2. Matnni qayta ishlash tizimining tarkibiy qismlari nimalardan iborat?

3. Ornatish uchun qanday tayyorgarlik koriladi?

4. Ornatish ketma-ketliklarini tariflang

5. Miktex versiyalarini qanday tanlanadi?

Topshiriqlar

1. MikTeX dasturini versiyalarini internet tarmogidan yuklab oling va ularni taxlil qiling.

2. Siz foydalanayotgan kompyuter texnik xarakteristikasidan kelib chiqib mos MikTeX versiyasini ornating.

3. MikTeX dasturini ishga tushirib togri ornaganligini tekshirib koring.

4. SumatraPDF dasturini internet tarmogidan yuklab olib kompyuterga ornating.

2. Hujjat strukturasi

LaTeX tizimida hujjat strukturasini amaliy misollar asosida tushintirish uchun kompyuterni tizimda ishlashini taminlab olish zarur. Buning uchun tizimda keng qollanilayotgan TeXMaker amaliy dasturini sozlash va undan foydalanish metodikasini bilib olishni korsatib otamiz.

2.1. TeXMaker ni sozlash

Yuqorida takidlab otdikki, LaTeX bu tizim, tizim oz faoliyatini uchta sanab otilgan dasturlar asosida olib boradi. Tizim ishlashi uchun dasturlar birligini tashkil etish kerak. Buning uchun hozirda keng qollanilayotgan TeXMakerni sozlash yetarli.

TeXMakerni ishga tushishi bilan ekranda uni quyidagi interfeys xosil boladi:


Rasm 2.1. TeXMaker asosiy oynasi.


Rasm2.1.da: 1- matn va buyruqlarni kiritish maydoni, 2- kompanovka davrida buyruqlarni mashina tiliga otkazish jarayonini korsatish maydoni, 3- tayyorlangan matni korish maydoni, 4- matni qayta ishlash dasturini strukturasini korsatib turish maydoni, 5- interfeysni instrumentlarini oz ichiga olgan bolimlarni korsatuvchi qatori, 6- interfeys instrumentlarini ishga tushirish qatori.

TeXMakerni sozlash uchun interfeysni «5» qatoridan «настройка» bolimini sichqoncha yordamida ochamiz, ekranda quyidagi xosil boladi:


Rasm 2.2. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi.


Bu erdan «Настройка TeXMaker» buyrugini ishga tushirib, u yerdagi 4 ta bolimlarni keltirib otilgan tartibda sozlanadi. Har bir bolimlarda kop sondagi punktlar bolib, ularni tizim ornatilgan kompyuter uchun individual sozlanishi kerak:


а) TeXMaker ni buyruqlar bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


б) TeXMaker ni tez belgilash bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


в) TeXMaker ni tahrir bolimi

Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


г) TeXMaker ni tahrir bolimi Rasm 2.3. TeXMaker ni sozlash buyrugi tarkibi oynalari.


Sozlash vaqtida dasturlarga yol korsatishda, kompyuterga sanab otilgan uchta buyruq joylashish yoli va tanlangan shriftlar korsatilishi kerak. Keltirilgan Rasm 2.3 dagi sozlashlar misol sifatida olingan.

Nazorat savollari

1. LaTeX ni sozlashdan maqsad nima?

2.Tizimni sozlash ketma-ketligini aytib bering.

3. TeXMaker interfeysini har bir bolimini tushintiring.

4. «pdf» formatni korish uchun qaysi amaliy dasturni ornatish tavsiya etiladi?

Topshiriqlar

Дальше