1. TeXMaker dasturini ishga tushirib asosiy ekrandagi har bir buyruqlarni ishga tushirib, ularni taxlil qiling.
2. TeXMaker dasturini «настройка» bolimdagi «команды» bolinmasiga kirib xar bir buyruq bilan tanishing va taxlil eting.
3. TeXMaker dasturini «настройка» bolimdagi «быстрый сборка» bolinmasiga kirib xar bir buyruq bilan tanishing va tahlil eting.
4. TeXMaker dasturini «настройка» bolimdagi «редактор» bolinmasiga kirib xar bir buyruq bilan tanishing va tahlil eting.
5. TeXMaker dasturida MikTeX, SumatraPDF dasturlarini ozaro boglanishini tashkil eting.
2.2. Matnlarni qayta ishlash hujjatlari
Tizimdan foydalanishni organishni boshlash uchun bevosita hujjatni yozish, kompanovka qilish va uni ekranda korish bilan ish olib borish maqsadga muvofiq. Bu yerda keltirilgan buyruqlarni keyinroq aloxida organamiz. Hozircha LaTeX tizimni organishga kirib olish uchun keltirilgan ketma ketlikda ish olib boramiz. Biz adabiyotni tayyorlash davrida foydalanuvchi «kiril» alifbosidan foydalanishi mumkinligini etiborga olib, hujjalarda «kiril» alifbosidagi matnlarni ham kiritilishini taminlash buyruqlarini kiritib ketdik.
2.2.1. TeXMaker ni ishga tushirish
TeXMaker interfeysini matn va buyruqlar maydoniga quyidagini tering:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Холдоров
\end {document}
Ekran quyidagicha korinishga ega boladi:
Rasm 2.4. Hujjatni kiritish maydoni.
Tizimda dasturni kompanovka qilish uchun, uni biror nom bilan fayl sifatida saqlab oling. Buning uchun instrumentlardan «Сохранить как..» instrumentini tanlab bosing va faylga nom bering:
Rasm 2.4. Hujjatni saqlash instrumenti.
Berilgan nom ekran interfeysi yuqorisida». tex» kengaytmasi bilan xosil boladi.
Kiritilgan hujjatni kompanovka qilish uchun interfeysni quyidagi instrumentini sichqoncha yordamida bosing:
Rasm 2.5. Hujjatni kompanovka qilish instrumenti.
Interfeysda kompanovkani borishini korsatuvchi maydonda kiritilgan buyruqlar va matnlarni kompanovkalash (mashina tiliga otkazish jarayoni) namayon boladi. Agar hujjatni kiritishda xatolik kuzatilsa bu haqida qizil yozuvlar bilan xatolik sababi va xatolik kuzatilgan qator korsatiladi.
Kompanovka tugagandan keyin kiritilgan matn «dvi» formatga otadi. Bu tayorlangan matnni ekranda «pdf» formatda kori uchun quyidagicha ish koriladi:
Tizim interfeysidan sichqoncha yordamida «Просмотр pdf» instrumenti ishga tushiriladi:
Rasm 2.6. Hujjatni natijasini ekranda korish instrumenti.
Ekranni korish maydonida quyidagi xosil boladi:
Rasm 2.6. Hujjatni natijasini ekranda korinishi.
2.2.2. Matnni ozgartirish
Hujjat matnni ozgartirish texnologiyasi juda sodda. Hujjat maydonida hujjatdagi matnni quyidagicha ozgartiramiz:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Салимов бугун келди
\end {document}
Yuqoridagi singari programma kompanovkalab interfeys yordamida xosil bolgan matnni korish tizimi ishga tushirilsa,
Ekranni korish maydonida quyidagi xosil boladi:
Rasm 2.7. Yangi ozgartirilgan hujjatni natijasini ekranda korinishi.
2.2.3. Matnni ozgartirish texnologiyasi
Yangi matnni matn orniga quyidagicha kiriting:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc}
\usepackage [russian] {babel}
\begin {document}
Комилжон ишга келиб 1030 да чикиб кетди
\end {document}
Yuqoridagi singari programma kompanovkalab interfeys yordamida xosil bolgan matnni korish tizimi ishga tushirilsa, ekranni korish maydonida quyidagi xosil boladi:
Rasm 2.8. Yangi ozgartirilgan hujjatni ekranda korinishi.
LaTeX ni birlamchi varianti kompyuterga ornatilgandan keyin, tizimga birlamchi variant tarkibida bolmagan buyruqlar kiritilsa, tizim ularni zaruriy dasturiy paketlarini internetdan qidirib ornatib oladi (kompyuter internet tarmogiga ulangan bolishi kerak).
LaTeX tizimida hujjat tayorlash jarayonida xotirada quydagi fayllar hosil boladi va jarayonda ishtirok etdi:
.log fayl protokoli; kompilyatsiya bilan bogliq barcha malumotlar ushbu faylga yozilgan.
.aux ozaro bogliqlik malumotlari;
.toc fayllar tarkibi;
.lof tasvirlar royxati;
.lot jadvallar royxati;
.bbl BibTEX dasturi yordamida yaratilgan bibliografiya;
.Ind MakeIndex dasturi tomonidan yaratilgan mavzu korsatkichi
Nazorat savollari
1. Yangi hujjat qanday hosil qilinadi?
2. LaTeX da hujjat qanday nomlanadi?
3. Hujjatni redaktorlash qanday amalga oshiriladi?
4. Hujjatni yuklash tizimini tushintiring.
Topshiriqlar
1. TeXMaker dasturini ishga tushiring va \documentclass {article}, \begin {document} va \end {document} buyruqlari asosida ixtiyoriy besh qator lotin alifbosidagi matnni kiriting, malim nom bilan saqlang va kompanovka qilib jarayonni borishini kuzating.
2. Kiritilgan matnga ozgartirish kiritib qayta kompanovka qilib jarayon borishini kuzating.
3. Matn tarkibidan \end {document} buyrugini ochirib tashlang va kompanovka jarayonida kuzatiladigan xatolikni tahlil eting.
4. Xar bir xolatda hujjat natijasini pdf formatda ekranda kuzating.
5. TeX Live, MiKTeX va. Tavsifini toping
6. MacTeX. Quyidagi tarqatishlardan qaysi biri sizning shaxsiy kompyuteringizning tizim talablariga javob beradi?
7. TeXstudio, TeXworks tahrirlovchilarining imkoniyatlarini organing,
8. WinEdt, Sublime Text 3. Ularning qaysi birida vizual elementlar amalga oshiriladi?
2.3. Matnlarni qayta ishlash
2.3.1. Ishlanmani xajmini boshqarish
Ishlanmani xajmini ortib ketishini oldini olish maqsadida jujjatni tayyorlashda kiritilayotgan ozgarishnigina korsatib otamiz. Hujjatni ozgarishsiz qolgan boshlangich qismini matnda korsatib otmaymiz. Ozgarish asosan matn terish doirasida amalga oshiriladi. Hujjatga quyidagi matn va buyruqlarni kiritamiz:
\begin {document}
Мехнат унимдорлиги
7\% га ортди, ва битта натижа учун
куйдаги берилмоқда \$200.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating, simvol «\» matn tarkibida belgini (simvolni) korsatib turuvchi buyrugi sifatida ishtirok etmoqda. Agar bu buyruq qoyilmasa «%» kommentariya, «$» formulani belgilash buyruqlari sifatida qabul qilinar edi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% shrifni kochirissiz qoshish
\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Бу % акиллий эмас
% зур: олишга тайёр
мисол.
Кадим замонларда бир кампир кулранг
%
Эчки билан яшаган.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
% belgisi qoyilgan satrlar chop etilmadi. Chunki ularni belgi komentariya ekanligini belgiladi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% shriftni kochirishsiz qoshish
\usepackage [russian] {babel} %% Ingiliz matniga rus shriftini kiritish
\begin {document}
Бу % қиласиз
% Зўр: ўрганадиган
мисол.
Бор экан, йўқ экан бир кампирни
кулранг%
роқ эчкиси бор экан.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating: simvol «%» ozidan keyingi matnlarni va probellarni qator oxirigacha kommentariya sifatida belgilaydi. Bu esa matn chop etilishida ishtirok etmasligini taminlaydi
Nazorat savollari
1. \documentclass {article} vazifasi nima?
2. \usepackage qanday buyruq?
3. Hujjatda \begin {document} nimani korsatadi?
4. «%» simvol nima uchun qollaniladi?
Topshiriqlar
1. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib natija oling.
2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatiga komentariya kiritishi organing.
3. «Karimjon supermarketga kirdi va quydagilarni harid qildi: 2 kg olma, 3 kg kartoshka, 1 kg guruch» matnini kiritib mahsulotlar alohida alohida qatorlarda yozilishini tashkil eting.
4. Uchinchi topshiriqdagi matn tarkibiga komentariya kiritilishini tashkil eting.
2.3.2. Matn tarkibida simvollarni chop etilishini tashkil etish
Misol: Hujjatda quyidagi ozgarishni amalga oshiramiz.
\begin {document}
Қуйдагиларда нимада фарқ?
\$1 и \$ 1?
\end {document} Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
«$1 и $ 1?»
Etibor qarating: «\» simvol buyruq ushbu xolatda simvolni probel etiborga olgan xolatda chop etishni tashkil etmoqda.
2.3.3. \slshape buyrugi
Misol:
\begin {document}
\slshape Каримжон буйи кичик
\slshape ва жуда камгап
уни тарбиялаш керак.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating: \slshape buyrugi ozidan keyingi simvollarga tasir korsatadi. U satirlar almashishini etiborga olmaydi va tasirini keyingi buyrugigacha saqlaydi.
2.3.4. Probel qoyish buyrugi
Matn tarkibida probel qoshish uchun {} simvollini qoyish yetarli. Bu buyruq nixoyasi deb tushinilib, probel qoshiladi. Matnlar bir biriga qoshilib ketmaydi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ўрганиш \LaTeX\ ни осонроқ,
\TeX га нисбатан. Инсон,
Қайсики
\TeX {} тизимни билса ва уни севса, уни
\TeX чи деб аташ мумкин.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating: simvol {} probel qoldirish imkonini berdi (matn qoshilib ketmadi).Qayerda simvol {} qoyilmagan bolsa matnlar qoshilib ketdi.
Nazorat savollari
1. Sozlar oraligini qanday boshqarish mumkin?
2. Bosh joylarni boshqarish buyruqlarini tushirtiring.
3. LaTeX da paragraf qanday tashkil yetilgan?
4. Kegel nimani bildiradi?
5. Sozning uzatilishini qanday nazorat qilish mumkin?
Topshiriqlar
1. «Salimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi va 5 baxolar oldi» matnini xosil qilish hujjatini tashkil etib simvolni chop etish texnologiyasidan foydalaning.2. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» sozlarini boshqa shrifda chop etilishini tashkil eting.3. «Karimjon maktabga keldi va darslarda qatnashdi» matnini xosil qilish hujjatigda «keldi» va «qatnashdi» sozlarini oldi tomonida 5 tadan probel qoldirishni tashkil etib chop etilishini tashkil eting.
2.3.5. Buyruqlarni tasir doirasini belgilash
Buyruq tasir doirasini belgilash uchun «gruppa» tushinchasi kiritilgan. U yordamida matn tarkibidagi buyruq tasir zonasi belgilanadi. Hozir gruppa kiritilmagan xoldagi misolni koramiz:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қора бошланади
\bfseries сўз билан.
Яна \mdseries ўз холида,
хозир \slshape қияланган,
янги ўзгартирилгинча;
яна \upshape тўғри.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating:
1. buyruq \bfseries matn shriftini qalin shriftga otkazadi, buyruq \mdseries qalin shriftni bekor qiladi.
2. buyruq \slshape matn shriftini qiya shriftga otkazadi, buyruq
\upshape qiya shriftni bekor qiladi.
Gruppani qollanishi hujjatda matnlar sonini qaytiradi. Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Ярим қорайтирилган шрифт терилган
фақат {\bfseries бу}
сўз; қавсдан кейин хаммаси
олдингидек кетади.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Yarim qoraytirilgan shrift bilan faqat «бу» sozi yozilib, undan keyingilari joriy shrif bilan yozilgan.
Etibor qarating, bu holatda {\bfseries (Yarim qoraytirilgan shrift) bu} faqat « бу» soziga tasir etadi. Figurali qavs buyruqni tasir doirasini belgilaydi. U hech qanday matnga qoshilmaydi, faqat buyruq tasir doirasini korsatadi.
Misol:
\documentclass {article}
\usepackage [T2A] {fontenc} %% 2 кучириш сиз шрифт киритиш
\usepackage [russian] {babel} %% 3 ингилиз матнида рус шрифтини кушиш
\begin {document}
Бошида {ширифни ўтказамиз
\itshape курсивга;
Кейин шрифни яна
ва {\bfseries ярим қорайтирилган;}
кўринг, қандай тикланади
} шрифт
охирида кон {ца г} руппани.
\end {document}
Kompanovka qilib, korish buyrugini ishga tushirish bilan hujjatni korish maydonida quyidagini kuzatamiz:
Etibor qarating, oldin shriftni kursiv shriftga otkazamiz, keyin shriftni yana qalin shiriftga otkazamiz. Keyin shriftni joriy holatga qaytaramiz. Gruppada faqat «yarim qoraytirilgan;» sozi korsatilgan, shuning uchun faqat «yarim qoraytirilgan;» sozigina qalin shrift bilan almashtirilgan.
Nazorat savollari
1. \bfseries buyrugi vazifasi nima?
2. \mdseries buyrugi vazifasi nima?
3. \slshape buyrugi vazifasi nima?
4. \upshape buyrugi vazifasi nima?
Topshiriqlar
1. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu oz navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini tarkibidan «jadal» sozini shriftini gruppalash asosida ozgarishini tashkil etish hujjatini tashkil etib natijani tekshirib koring.2. Tashkil etilgan hujattni gruppalangan sozni shriftini qayta ozgartirish hujjatini tashkil eting.3. «Axborot texnalogiyalari zamon talablari asosida jadal rivojlanmoqda. Bu oz navbatida zamonni rivojlanishiga olib kelmoqda» matnini tolaligicha gruppalab shriftini ozgartirish hujjatini tashkil eting.4. Har bir topshiriqni bajarilish natijasini taqqoslang va taxlil etib gruppalash ishtirok etgan yangi matn tashkil etish hujjatini tashkil eting.
2.3.6. Argumentli buyruqlar
Yuqorida korib otilgandek, LaTeX buyruqlari argumentli yoki argumentsiz boladi.
Argumentlar majburiy va majuburiy emas turlariga bolinadi. Majburiy (korsatilishi shart) argumentlar figurali qavs ichida korsatiladi, agar buyruq majburiy argumentli bolsa. Uni korsatish shart. Aks xolda tizim xatolik korsatadi. Majburiy bolmagan argumengtalar buyruqni qoshimcha parametrlarini belgilaydi. Ularni tushirib qoldirilsa tizim xatolik korsatmaydi. Buyruq tizimda belgilangan parametr boyicha (po umalchaniye) ish olib boradi. Majburiy bolmagan argument kvadrat qavs ichida korsatiladi. Bir nechta argument bitta qavs ichida korsatilishi mumkin.
Misol uchun, yuqorida korsatilgandek \documentclass buyrugida umumiy korinishida majburiy va majburiy bolmagan argumentlar korsatilgan. Biz buyruqda argumentlar bitta qavs ichida vergul bilan ajratilib, bir nechta bolishi mumkin.
Aytaylik 10 orniga 12 kegl kitob betda ikkita kolonka bilan chop etilishini talab etilsin. Bu topshiriqni bajarilishini tashki etish uchun hujjat sinfini belgilovchi buyruqni quyidagicha yozamiz: