Hikoyalar karvoni - Kurbanov Sardor


Hikoyalar karvoni


Sardor Kurbanov

© Sardor Kurbanov, 2023


ISBN 978-5-0060-3432-7

Created with Ridero smart publishing system

Adashilgan afzallik

1995-yil. Shamsiddin 15 yoshlarda.

Shamsiddin honasida chet el ashulalarini baqirtirib qoygan edi. Bu ashulalar honadan ham tashqariga chiqib, uyni oz avjiga kotargan edi. Shamsiddinning bobosi kelib honani taqillatdi, ammo ichkaridan hech qanaqa javob qaytmadi, qaytganda ham hech nima eshitilmas edi. Bobosi eshikni ochdi va ichkariga kirdi. Honaga kirganida esa, ichkarida nevarasi shunchaki yotar edi. Shamsiddin bobosini korib, tez ornidan turdi va ashulani eshitar-eshitmas qilib pasaytirib qoydi. Bobosi erkalab koyib qoydi, buncha bu galati baqiroq ashulalarni baqirtirib eshitishini. Shamsiddin esa bundan keyin ornidan turdi va borib umuman ashulani ochirib tashladi. Bobosining bunaqa gapidan hijolat bolgani uchun shunaqa qilganini anglab turardi, ammo bobosi ketgandan song yana shu ashulalariga qaytishini ichidan oziga-ozi qaror qilib qoygandi.

 Bolam, bugun ubu rejalaring yoqmidi mobodo?  bobosi.

 Bugun bobo, dostlarim bilan kino kormoqchimiz  Shamsiddin

 Yana osha otgan safarga oxshagan, bizning ozimizga togri kelmaydigan hayot tarzini korsatadigan kinolarmi?

 Kinoga oxshagan kino ular bobo, dostlarim bilan sanatdan bahra olamiz bobo  hijolat bolib gapirdi Shamsiddin

 Mayli bolam, bugun ham taklif bilan kelgan edim. Bir paytlar kichkinaligingda eshitishni yoqtirganingdaka, hayotimdan har xil hikoyalar aytib beraymi yoki kitoblar oqib beraymi, deya kelgan edim.

 Bilmasam bobo, dostlarim bilan kelishib qoygan edim  deya Shamsiddin biroz sukunatdan keyin javob berib qoydi. Bobosi ham uning dostlari bilan kelishib qoygani uchunmas, ozidan hohish tashqariga oldindaka otilmayotganini korib, mayli, deb qoya qoldi.

Shamsiddin bobosi ketgandan song, bobosining har hafta shunaqa kelib harakat qilayotganini eslar, negadir rostan ham, kichkinaligidaka bobosining hikoyalari va oqib beradigan kitoblari unda qiziqish uygotmayotganlarini ham anglab yetar edi. Aniqrogi u buni ancha oldin anglab yetgan edi, ammo yana osha paytlarga qaytishga qiziqish paydo ham qilmas edi.

2015-yil. Shamsiddin 35 yoshda.

Shamsiddin ishhonadan qaytib kelyapdi. U metroda kelar ekan, qolida kitob bilan iloji boricha vaqtni unumli otqizishga harakat qilardi. Lekin qancha harakat qilmasin, faqat shu ishga borganda va qaytganda vaqt bor, ish payti esa vaqtni albatta ishga ajratish kerak. U kitobni oqir ekan, hayollaridan xotiralar ham shamolday kezib otib ketar edi. U eslashda davom etar edi, bolaligida, balogatga yetganida, ospirin yigitligida qancha vaqti bor edi, lekin ularni nimalarga sarfladi. Javobi esa atrofida edi. Kozini biroz kotarib metrodagilarga nigoh tushirdi. Atrofdagilar esa band edilar, telefon bilan band edilar, albatta hammasi emas, biroq kopchiligidir. Telefonda esa yoshlar, hatto bazi yoshi kattalar, ogil bola va qizlar, hammasi telefonda nimadir kino korish bilan, klip korish bilan, serial korish bilan, oyinlar va ilovalar bilan mashgul edilar. Bu narsa unga yana ozining otmishini eslatdi, hozir esa umrini ancha qismini otkazib yuborgani, ha yashamagani, otkazib yuborgani yana tamgadaka peshonasiga yopishtirilganligi esiga tushdi. U bir xil insonlarni quloqchinda korib qaror chiqarishda shoshilmas edi, chunki bazida ozi ham quloqchinda audiokitob eshitishni yaxshi korardi. Togri yana bazilar telefonda kitob oqishar edi, ammo kitob oqigan va boshqa narsa bilan shugullangan odam yaqqol korinib turardi.

Shamsiddin uyiga keldi. Farzandlaridan biri telefonni ilovasida har xil videolarni korib otiribdi. U ogliga gapirdi, koshki edi onda-sonda chalgish uchun tomosha qilsang, ammo har kuni vaqtingni shunda sarflashing shartmas-ku, dedi. Ogli ham, hech nima qilmaydiku dada, dedi va yigishtirdi, lekin Shamsiddin yonidan ketishi bilan tezda yana telefonga yopishib oldi. Ikkinchi farzandi esa kompyuter oldida otirardi va kompyuter oyinlarini oynar edi. Qoshimchasiga har xil manoli ashulalarni ovozini kotarib qoygan edi. Unga ham, bu oyinlarni kuniga bir soatdan oynash oshmasin, deb gapirmaganmidim oglim, keyin faqat bolar bolmas ashulalarni eshitma demaganmidim, deb sal jiddiy gapirdi. Buni korgan ogli tez kompyuterni va ashulani ochirdi. Oshxonaga borishi bilan kozi yoniq turgan televizor, undagi qanaqadir garb seriali, buni tomosha qilib otirgan hotini va qiziga tushdi. Bu holni yillar davomida kuzatib kelayotgan bolgani uchunmi, balki televizorda serialning qahramonlari qiz bola va ogil bola ochiq-sochiq kiyinib, sevgimiz abadiy bolsin, deya kechqurun sayr qilib yurganlarini hotini kichkina qiziga ham korsatib otirgani uchunmi jahli vulqonga oxshab otildi. Stol ustida turgan idishlarni sindirib tashlagisi keldi, ammo ozini qolga oldi. Men senga kichkina qizimiz bilan bunaqa seriallarni tomosha qilma, demaganmidim dedi. Hotini esa, dadasi azgina koryabmiz, dedi. Shamsiddin, ochir televizorni, dedi. Televizor ochgan edi, qizi yiglay boshladi, korgisi kelayotganini harhasha qilib. Nimagadir Shamsiddinda tuzatib bolmaydigan hissiyotning paydo bola boshladi. Oz vaqtida bobosi unga sal kam har kuni kelib togri narsani korsatishga harakat qilardi. Hozir shu damlarni esiga soldi va osha vaqtlar, otmishni orqaga qaytarmoqchi boldi. Ammo teran fikrlab olgan inson sifatida tushunib yetardiki, buning iloji yoq. Tushunib yetardiki, Alloh vaqtida hammaga imkon beradi, unga ham imkon berilgan edi, balki yana imkon berilar, Shamsiddin buni bilmas edi, bu faqat Allohga ayon edi. U oylab qoldi, balki bunaqa umidsizlik bilan Alloh korsatib qoymoqchidir, oz vaqtida bobosini qanaqa umidsizlikka tushurganini, balki sinovdir, balki jazodir. Shamsiddin bularning sababini qidirar edi, vaqtida ota-onasini biznesga berilib ketishi va Shamsiddin bilan unaqa jiddiy shugullanishmaganidir yoki ozi umuman haqiqiy narsalarni ilgamaganidir. Ichidan qaysidir tarafdan bu shunchaki oddiy narsalar, bular hayotingni bulgamaydi, degan ovoz kelardi. Boshqa tarafdan esa, zalolatni kopchiligi shu oddiy narsalardan boshlanadi, degan ovoz kelar edi. U ozini charchaganini his qildi va hech nima yemasdan uhlashga qaror qildi.

2035-yil. Shamsiddin 55 yoshda.

Juma kuni edi. Shamsiddin sochlari oqarib, qarilik chegarasiga borib qolgan edi. U jumadan qaytayotgan edi. Har jumada duolarni tilash vaqti kop bolar edi. Bu safar ham kam duo qilmadimi ekan, deb hayol surib uyiga keldi. Uyga kelsa hech kim yoq. Qizini turmushga chiqargan, ikkita oglini uylantirgan edi. Hotini har kuni dugonalari bilan gapda, ikkita oglini ozi ham, hotinlari ham ishga berilib ketishgan va kuni bilan uyda bolishmaydi, ozi esa nafaqada ilm olish bilan ovora. Har doimgi yashash ahvoli.

Biror soat otdi va nevaralari maktab va oqishdan kela boshladi. Birlari 10 yosh, birlari 1617 yoshlar atrofida. Kelishlari bilan Shamsiddin bobosining oldiga yugurib borishardi. Uni quchoqlab, jilmayishardi. Asr vaqti bolib qolgan edi, birga asr namozini ado etishdi. Keyin bobolari bilan birga choy ichib, kitob mutolaasiga tushib ketishdi. Shamsiddin bobosi esa Allohga shukronalik keltirar edi, shukronalik keltirishining sababi esa bu yosh nihollarni tarbiyalarini ota-onalarini tashlab qoygan edi, lekin Alloh unga umr berishda davom etardi, shu yosh nihollarni togri, parvarishlab ostirishida. U oziga-ozi gapirib qoyardi, InshaAllah buning oxiri xayrli boladi, deya.


Adolat va Marhamat Sohibi

Abdurauf yoshi 23 larga borgan bolsa ham, adolat haqida aniqroq tushunchalari yoq edi. Shu bilan birga u boshqa narsalardan ham uzoqroq edi. Uning qiziqishi oz kasbiga berilib, faqat shunga vaqtini ajratish edi. Uning oz kasbi esa, texnika ishlab chiqaradigan bir korxonada, ishlab chiqarish bolimidagi bir ish edi. U oz musulmonligini tan oladi, ammo hech narsani tushunishni hohlamaydigan odam bilimni qancha ozlashtirishni hohlamasa, u ham buni shunchalik ozlashtirishni hohlamas edi. Namoz oqisa ham, uyidagilarini korishi uchundir, uyidagilar bolmasa, namozni oylab ham qoymas edi.

Garchi namoz oqimasada, juma namoziga chiqib turardi va bir kun juma maruzasida domla Allohning adolati haqida soz ochdi. Domla, Allohning marhamati juda kengdir, shu bilan birga adolati ham kengdir. Bazida biz insonlar buni tushunib yetmaymiz va tushunmasdan yashashda davom etamiz, dedi. Abdurauf bularni unaqa diqqat jamlab eshitmagan bolsada, bu sozlar uning qulogiga ilindi. Domla maruzasining oxirida yakunlash uchun sozlarni gapirishni boshlagan edi, bu Abduraufni etiborini yana tortdi. Domla esa, Allohim ixlos bilan eshitgan, sozlagan Quron oyatlarimizni va duolarimizni qabul qilishingni umid ila sorab qolamiza, deb qoladi. Shunda Abduraufni goyo chaqmoq urgandaka boldi, asli unday bolmasa ham. U oziga-ozi ichida savol beradi, menichi, meni shu kungacha ixlos bilan bu narsalarni eshitdi, deb aytsa boladimi, ozi hozirchi, hozir eshitdimmi, deb gapiradi. Bu savoldan keyin, oziga boshqa savol beradi, nega bu ixlos bilan eshitish haqidagi savolni endi beryapman, nega shu kungacha bermadim?. Ozi ham bilmadim, nima sabab boldiki, hozir ixlos haqida oylab qoldi. Namoz boshlandi va namoz jarayoni bolayotgan bolsa ham, fikrlarini shu ixloslik mavzusi tark etmas edi. Juma namozi ham tugadi, lekin ixlos haqida fikrlar tugamadi. Negadir u shu kungacha yashayotgan hayot tarzi islomga ixlos bildirmayotganini tushungan edi.

Oradan bir hafta otdi, kuz fasli ham oz chiroyini korsatishni boshlagan edi. Shu vaqt uning dostlaridan birining toyi bolayotgan edi. Abdurauf oshandan beri ixlos bilan, ziyraklik bilan kop narsani kuzatadigan bolib qolgan edi va shu bois toyda bitta narsa uning etibori chetidan qolmaydi. Uning bir dosti boshqa bir odamning mashinasini eshigini ochayotganda, eshikni kuch bilan ehtiyot bolmasdan ochadi va devorga urib oladi. Eshik ham ozgina qiriladi va bu ish uchun uning dosti mashina egasidan uzr soraydi, albatta. Biroq bu uzr shoshilinchda, toy vaqtida boladi va egasi bu uzr bilan rozi bolmaganini bildiradi. Toy tugagan edi, mashina egasi, Abduraufdan osha dostini chaqirib yuborishini soraydi. Abdurauf aytadi va dosti korishadimi, mashina egasini rozi qildimi yoki yoqmi bilmaydi.

Shu bilan oradan ikki oy otadi. Abdurauf yana ajib bir holat guvohi boladi. Xuddi shu toyda birovning mashinasini eshigini urib olgan dostining mashinasini ham, boshqa bir umumiy dostlaridan bittasi ehtiyot qilmasdan, tezkorlik bilan eshikni ochib urib oldi. Abdurauf buni kuzatdi va hayron qoldi. Abdurauf etibor bermadi, ikki oy oldin mashina eshigini urib olgan dosti buni sezdimi yoqmi, hozir mashina eshigini urib olgan dosti kechirib soradimi yoqmi. Biroq uning oy-hayolini adolat, degan soz orab olgandi. Abdurauf oylayotgan edi, demak uning dosti, ikki oy oldin mashina egasini rozi qilmabdida, endichi bu hozir urib olgan dosti buni rozi qilmasa, demak u ham oliy adolatga uchrarkanda.

Oradan yana bir oy otdi. Abduraufning boshligi uni dokondan ul-bul sotib olib kelishga chiqarib yuborgan edi. Abdurauf oladigan narsalarni tanladi va kassaga bordi. Kassachi hisoblab narsalar narxi ottiz ikki ming tort yuz som bolganini aytdi. Abdurauf boshligi berib yuborgan pulni berdi. Dokondagi kassachi esa pulni olib, qaytimni qaytarib bermoqchi edi, Abdurauf tanga korinishidagi olti yuz som kerakmasligini aytdi va naqd pul qaytimni oldi. Dokondan chiqib ketar ekan, ozini oyga tortdi. Oldin ham boshligI bir-ikki marta bunaqa iltimos qilganida, qaytimni tiyin-tiyinigacha bolsa ham olar edi va boshligiga olib borardi, lekin undan keyingi paytlarda boshligi tanga unga kerakmasligini, hohlasa tangani oziga qoldirishini aytardi. Abdurauf birovni tangasini oziga qoldirmasdi albatta, biroq boshliq olmaydi, deb hozir bunaqa ham qilishi kerak emas edi. U hozir shuni biroz oyladi va tugatdi.

Osha kunni ozida Abduraufni ishi oz vaqtida tugadi. U avtobus bekatdan avtobusga otirdi va uyiga qaytayotgan edi. Uyiga yetib qolganda, yol haqi ikki ming somni tahladi va ham chiptachi, ham haydochilik vazifasini qilayotgan haydovchiga uzatdi. Abdurauf on soniyacha kutdi haydovchi olti yuz som tanga qaytimini qaytarishini, ammo qaytarmadi. Shunda ozi sorashga majbur boldi. Haydovchi esa uyalmasdan tanga qolmadi, deb aytdi. Uyalmasdan, degan soz Abdurauf uchun bekorga emas edi, chunki ikki-uch daqiqa oldin boshqa bir yolovchi yol haqini tangalarda bergan edi va haydovchi uni olgan edi. Osha tangalardan qaytimni qaytarsa bolardi, ammo qaytarmadi. Abdurauf ogzini endi ochmoqchi edi shu borasida, biroq ichiga yutdi. Gap urush chiqishi qorqinchidanmas yoki boshqa sababdan emas. U shunchaki esladi, bugun kunduz kuni qaytim tangalarni va bu safar ikkita soz uni falaj qilib qoydi, buyuk adolat. Ha, undan oldin dosti bilan bolganda shunchaki adolat, degan soz edi, hozir esa buyuk qoshimchasi boldi.

Abdurauf avtobusdan tushdi va uyi tomon yonalishda yayov yurib borar edi. Yayov ketishlikda davom etar ekan, ich-ichidan shu ikkita soz, yani buyuk adolatni his qilar edi va buni etiroz eta olmas edi. Abdurauf albatta musulmon, albatta Alloh borligiga ishonadi, biroq Uning adolatiga hali duch kelmagan edi. U korxonada ishlab chiqarish bolimida ishlagandan keyin bilar edi, mahsulot oz vaqtida mijozlarga yetib borishi uchun, xomashyo ham oz vaqtida ularga yetib kelishi kerak. Hammasi oz vaqtida sodir bolmasa, unda muvozanat buziladi. Allohning adolatida ham shuni tushunib yetdi. Allohning adolati ham muvozanati buzilmaydigan, hammasi oz vaqtida, kechiktirilmasdan amalga oshadigan jarayonligini bildi. Abdurauf yana chaqmoq chaqqandaka boldi va yurgan yolida qotib qoldi. Buning sababi esa, u shuncha yillardan beri masjidda juma maruzasida tushunib yetgandaka, ixlos bilan Allohga talpinmagan. Na farz qilingan namozlarni oqir edi, na farz yoki sunnat qilingan boshqa amallarni bajargan edi. U hozir tushunib yetgan edi, Allohning adolati baribir barchani oz vaqtida topadi, ham bu dunyoda, ham oxiratda va albatta, haq adolat, adolatli adolat, har kim qilmishiga yarasha oladigan adolat topadi. Bu degani esa, bular uchun uning jazosi ham katta bolishi mumkin edi va u oz hayolida mumkin emas, aniq, deb togirlab qoydi. Havo garchi unaqa sovuq bolmasada, uni ter bosdi. Nima qilishni bilmay, shu yerda turib qoldi. Faqat biroz otgandan song yurishni boshladi va uyiga qaytdi.

Ertasi kuni dam olish edi. Abdurauf kechasi bilan uhlay olmadi. Ertalabga yaqin kozi ketgan edi va vaqtli uygonib ham tezda kochaga ish bilan ketyabman, deya chiqib ketdi. Negadir yayov yurgisi keldi. Yayov yurib masjidning yoniga yaqinlashib qolibdi. Sal buyoqroqda skameykada bitta odam otirgan ekan. Abdurauf u odamning qoliga qarasa, qolida spirtli sharbatning shishasi va shu shishadan ichib otirgan ekan. Yoniga yaqinlashgan edi, ichib otirgan odam shishani mast holatda yerga qoymoqchi boldi va shisha turmasdan yiqildi va ichidan qizil suyuqlik chiqdi. Abdurauf ozi oldindan spirtli ichimlik yoki tamakilarni yoqtirmasdi, lekin unaqa borib kimgadir unaqa nasihat qilmas edi. Hozir esa borib u kishiga gapirdi, birodar masjidning oldida nima qilasiz shuni ichib?. Ichib otirgan odam esa hay gitler, deb qoydi mast holatda. Abdurauf biroz jim turdi va gitlerni nima qilasiz, tinch qoying, u allaqachon olib ketgan, siz tiriksiz-ku hali, dedi. Ichib otirgan odam yana shu iborani qaytardi. Abdurauf esa nima deyishni bilmadi va Allohga yoqmaydi bunaqa qilib masjid oldida ichishiz, qoying shuni, ichmang, degan edi, ichib otirgan odam javobidan song nima deyishni bilmadi va orqasiga ogirilib ketdi. Ichib otirgan mast kishi esa, men ichaveraman, degan javob qilgan edi. Abdurauf orqasiga ogirilib ketayotganda, mast kishi orqasidan chaqirib qoldi, lekin u orqasiga ogirilmadi va etibor bermadi.

Дальше