Hikoyalar karvoni - Kurbanov Sardor 2 стр.


Masjidning ichiga kirishni qaror qildi. Ozi ham hayron, mast kishini yonidan uzoqlashgandan song, masjidni darvozasi oldidan otayotgan edi, negadir qadami shu tarafni tanladi. Masjidga kirar ekan, hali kop xatosini togirlashi kerakligini oyladi. Va, yana bitta haqiqatga amin boldi. Allohning adolati ham, marhamati ham mutloqdir. Allohning rahmati, gazabidan oldinroqdir. Alloh hatto Undan yuz ogirgan odamlar, yani boyagi mast odamga yoki oz vaqtida Abduraufga oxshagan bandalarga ham yordam beradi. Buning isboti esa Abduraufga qancha belgilar jonatilgani va boyagi mast kishiga esa Abduraufning duch kelganidir (balki bundan keyin ham kech bolguncha, kimdirlar duch kelishi). Va, Allohdan yuz ogirmaganlardan esa, nega Alloh ham ulardan yuz ogirsin. U shu fikrlarni tushunib yetganiga shukronalik keltirdi va namozga taxorat olish uchun taxoratxonaga kirib ketdi.

Ajoyib sevgi

Stiv piyoda ishiga ketayotgan edi. U tugilganidan beri faqat Angliyada yashagan edi va faqat hozir allaqachon bir yildan beri qurilish loyihasini bitirish uchun Rossiyada yashab kelayotgan edi. Uning yashaydigan joyi qurilish obyektidan 5 daqiqalik yol edi. U sayr qilishni yaxshi korgani uchun, azgina vaqtliroq chiqar edi va har kuni har xil yonalish boyicha aylanib borishni yaxshi korardi. Bugun ham aylanma qilishni istadi va yolda ketayotgandan edi. Atrofni korib kozi quvonar, xatto sovuq havo ham atrofni kuzatishdan tosib qoya olmas edi. Kochaning burchagidan ong tarafga qayrilganida tasodifan kozi bitta qizga tushib qoldi. Nimagadir joyida turib qoldi va u qizdan kozini uza olmadi. Qiz qaymoq rangdagi hijob bilan oralgan, ikki kozi yerda, yuzi esa qanaqadir nurlarga tolib yotibdi. U qizning nimadiri Stivni oziga tortdi. Stiv Angliyada ham qizlarni korgan, muslima qizlarning ham shunaqa kiyinishini bilardi va kuzatgan edi. Biroq negadir, uning fikru-hayolini shu qiz olib qochdi. Stivning ishga borishi kerakligi esiga tushdi, lekin u hayoliy tosiqni ustidan sakrab otgandaka bu tosiqni ustidan sakrab otdi va qizning ortidan tushdi. Stiv bilmas edi, musulmon xalqlarida muslima qizning oldiga shunchaki borib gapirib bolmasligini. Shu bois u qizning orqasidan yetib olib, yoliga chiqdi va inglizchada nimadirlarni gapirishni boshladi. Qiz esa birinchi chochib tushdi, undan song bir bor Stivga nazar soldi va yerga qarab uni aylanib otib ketishga harakat qildi. Stiv esa iloji boricha oz fikrini tushuntirishga harakat qilardi. U bir yil ichida organgan bilimlarini, organgan sozlarini esga solishga harakat qilib, aksent bilan ruschada gapirishga kirishdi. Chala rus chiqayotgan gaplaridan qiz tushunib yetdiki, yigit sevgi izhor qilyapdi va qizning yoqtirgan odami bormi yoki yoqmi sorayapdi. Qiz esa hech nima eshitmagandaka aylanib otib ketdi.

Stiv noilojlikdan nima qilishni bilmadi va qizning orqasidan kuzatdi. Qiz uyiga keldi va bola ham qizning ortidan uyning eshigini taqillatdi. Eshikni bir yoshi kattaroq ayol ochdi. Stiv jilmaygan holda ozini tanishtirdi, ayol ichkariga kirib ketdi va birozdan song boshqa bir yoshi kattaroq erkak kishi chiqib keldi. Stiv yana jilmayib ozini tanishtirdi. Mezbon mehmonni uyga taklif qildi va tarjimon uchun qoshning ingliz tili biladigan oglini chaqirtirvordi.

Stiv togridan togri maqsadga otdi, qizning otasi bolib chiqqan erkak kishiga qizni korib qolganini va yaxshi korib qolganini, uylanmoqchi bolganini aytdi. Kutilmagan bunaqa voqealardan qizning otasi hotirjamlik saqladi va savol berishni boshladi.

 Dining nima?

 Ozi ota-onam nasroniy, lekin man yillar otib kop hudolik tushunchalarini anglab olganman  qizning otasi jim turdi va gapirdi. Qizini chaqirishlarini buyurdi. Qizi keldi va mehmonga etibor bermasdan, otasiga yuzlandi. Otasi qizidan buni tanidimi yoki yoqmi soragandi, qizi mehmonga qarab bugun yolini bir marta tosganini aytdi. Qiziga ketaverishini aytib, Stivga qarab gapirdi.

 Dangal odam ekansan, manam dangalman, shunga togridan togri gapiraman. Qizim Quronni yod olgan qoriya hisoblanadi. Oldimga kelib million marta yalinsang ham, agar islomni qabul qilmagan bolmasang, namoz oqimasang va uyogiga ilmingni kuchaytirishni vada bermaseng, qizimni bermayman.

 Nega axir?

 Sababi oddiy, tavxid, yani yakkahudolik faqat Allohga munosibdir. Sen esa nasroniy bola turib, kop hudolik deysan.

 Tushundim sizni, ammo yolgondakam dinni qabul qilaman, deb uylanib olsam ham boladiku. U narsani oylamadinggizmi?

 Birinchidan, Allohning kalomi bilan hazillashib bolmaydi, hazillashsang ham bu uchun katta azob bor. Ikkinchidan, unaqa qiladigan boladigan bolsang, yerni tagidan bolsa ham, qancha vaqt otgandan keyin bolsa ham seni topamiza, chunki biz musulmonlar muslima qizimizmi, singlimiz boladimi, ularni hafa qildirib qoymaymiz. Boshqa begona muslima ham singlimiz yoki opamiz hisoblanadi. Uchinchidan, gaplaringdan unaqa odamga oxshamayapsan  Stivga asosan begona bolsa ham, boshqa muslima ayollarni hafa qildirib qoymaymiz, degan fikr boshqacha tasir qildi. U oyladi, ertaga uning ham qizi shu jamiyatda ozsa, qizi uchun bu ajoyib sovga bolarmidi, deb. U uchun bu mantiqni orqasidan kelayotgan narsa edi. Ammo ozi hayron qoldi, qanday qilib bunaqa fikrlar uning mehmoni boldi? U ikkilanib otirmadi va ichki ovozga tayanib, roziman, dedi.

Biroz vaqt otdi va u uyida ayoli bilan namoz oqib otirar edi. Namozni tugatishdi. Ayoli choy uchun qoyilgan suv qaynaganini bilgach shoshilib ketdi. Stiv esa joynamoz ustida otirar edi va hayotidagi hamma narsa uni shu yolga olib kirishi uchun edi, deb oziga ozi hayolida gapirib qoydi. U ichida Allohga hamd aytdi, bergan marhamatini shukronalik bilan esladi. Alloh Stivning yuragiga islom dinini sevgi orqali ochganini eslab, kozidan yosh oqdi. Bu hursandchilik koz yoshi edi. U koz yoshini ortdi va nafl namoz uchun niyat qilishni boshladi va oqishga tushib ketdi.

Anhorning kundalik hayoti

Ayolga masulyatli sovga

Nilufar ozining sevimli ishi hisoblangan jurnalistlik tufayli, bir yirik korxonaning egasidan intervyu olishiga togri keladi. Nilufar korxonaga kirib borar ekan, korxona maydoni va qurilish inshoati kattaligiga beixtiyor lol qolardi. Bunaqa katta natijaga erishish uchun, juda katta kuch kerak boladi, deb qoydi yana beixtiyor. Binoning ichkarisiga kirarkan, Nilufar bilan telefonda aloqada bolib turgan kotiba uni kutib oldi va tepaga korxona rahbarining ofisi tomon otlanishdi. Binoning ichida hamma ish bilan mashgul, odamlarda chalgish yoki nimadir sabablar yoq edi, ishni sustlashishiga. Nilufar bundan oldin ham boshqa korxona rahbarlaridan intervyu olgan edi, lekin bunaqa intizomni kormagan edi. Bu intizom nafaqat ishni uzilmasdan davom etishida, balki ishlayotgan odamlarning chehralarida ham aks etar edi. Ular ishga berilib qilayotgan uchqun kozlarida korinib turardi. Korxona metalga ishlov berib, metaldan qurilish mollarini yasab beradigan korxona edi. Nilufar va kotiba yurishda davom etishayotganda, ular yoshi 3540 larga borib qolgan, bir jiddiy odam duch kelishdi. Ozini sal bolsada biroz oldin bosh qoygan kotiba ham jiddiylikni yanada kuchaytirdi. Nurali aka bu sizdan intervyu olishi kerak bolgan va vaqtini kelishgan jurnalist hisoblanadilar, dedi kotiba. Nurali aka esa bir nigohini tashadi va marhamat deya ofisga boshladi. Nilufar ofis tomon yurganda fikrlashga tushib ketdi. Ishchilarning oz ishini bilib, bunaqa darajadagi intizomga amal qilayotganlari bekorga emasligini endi tushunib yetgandi. Haqiqattan ham, Nilufar uchun Nurali akani hatto yurishlarida ham bir intizom korinar edi.

Hamma ofisga kelib otirishgandan song, kotiba bitta choynakda choy olib keldi, piyolalarga quydi va honadan chiqib ketdi.

 Rahmat vaqtinggizni ajratganinggiz uchun, biz uchun bu muhim hisoblanadi  Nilufar.

 Odam oz ishini sevib bajarayotganida men buni qollab quvvatlayman  Nurali aka  savollaringgizni beravering  yana shu jiddiylikda.

 Unda ijozatinggiz bilan, siz ham bu ishinggizni chin dildan sevib qilasiz, aynan shuning uchun natija ozi korinib turibdi, savolim shuki, sizni bundanda yaxshi koradigan ishinggiz bormi?  bu savol Nurali akaga ham noodatiy bolib korindi, chunki kop intervyularda bunaqa savol bilan boshlashmagan edilar.

 Ha bor, har kuni qiladigan bir muhim ishim bor, uni bu korxona va bizneslardan kora ham yaxshi koraman, hamda har onini orziqib kutaman.

 Sir bolmasa aytsanggiz boladimi?

Shu payt kotiba telefon orqali, uzur sorab, boshqa kelsa bezovta qilmas edi, biroq oilasi kelgani uchun aytib qoyayotganini takidlagan edi. Shundan song Nurali aka oilasini kutib oldi. Honaga bir ayol va ikkita bola kirib kelishdi. Ayol Nilufar bilan bir xil yoshda edi, Nilufarning chamasi boyicha. Yonidagi bolalar esa, bir qiz va bir ogil bola. Nurali akani kozida sezilar-sezilmas quvonch, zavq paydo bolgandi oz oilasini korib. Ammo uning jiddiy xarakteri oz izini umuman yoqotmagan edi. Nurali aka Nilufarga hammani tanishtirdi. Bolalardan qizning yoshi katta, ogil bola esa hali kichkina edi. Nurali akaning ayoli bolalar bu suhbatga halaqit qilishlari mumkin, degan asnoda kotibaga ularga koz-quloq bolib turishni iltimos qildi. Uning ismi Mursalina ekan. Nilufarga bu ism bir boshqacha chiroyli eshitildi. Mursalina eridan ubu narsa kerakmi yoki yoqmi, unda biror xizmati yoqmi, deb savol berdi. Nilufar esa hayron qolardi, kotiba bor-ku, deya oziga-ozi. Shu payt birdan Nurali aka soatga qaradi va zarur ishi borligini 20 daqiqada qaytishini aytdi va uzr sorab, turib ketdi.

Nurali aka ornidan turib ketar ekan, ikki ayol taraflama ixtiyoriy suhbat boshlanib ketdi. Buning boshlanishi esa Nilufardan chiqqan edi. Nilufar esa ming ozbek bolsada, baribir ruscha maktab va oquv dargohlarini bitirgani sabab, bazida bir xil urf-odatlarni tushunmasdan osgan edi. Nilufar ozini qiziqtirgan savol bilan boshladi va soradi, nega kotiba turganda Mursalinaning ozi xizmatga shay turganini. Bu savolni eshitgan Mursalini sodda va beguborona kulgusini yashira olmay kulib yubordi. Kulishni birozdan keyin toxtatib, javob berdi va javobi Nilufarni ham sal kulishiga olib keldi. Shunchaki boynimdagi masulyatni oz hohishim bilan qilishga harakat qilyabman. Mursalinani javob shunday edi. Nilufar esa boshqa mentalitetda osgani uchun, bu javob u uchun kulguli boldi. Nilufarning kulgusi tagida sal bolsada, bu haqiqatni tan olmaslikning soyasi borligini korib, yana shirin jilmayishda davom etdi.

 Bilaman, meni gaplarim, sozlarim siz uchun hozir kulguli, ishonib bolmaydigan osmonopar sozlardaka korinayotganini  Nilufar ozining vaziyatini bilintirib qoyganini sezdi va oqlanmoqchi boldi, bunga javoban Mursalina qoli bilan belgi berib, hammasi joyida ekanini bildirib davom etdi  lekin sizga misol tariqasida tushuntirib bersamda, siz eng yaxshi koradigan odaminggiz ota-onaggiz bolsa kerak, shundaymi? Ha shunday ekan, tasavvur qiling eng yaxshi korgan insonlaringgiz bolgan ota-onanggizdan sovga oldinggiz, bu sovgani siz ahlatga tashlamaysiz, uloqtirmaysiz har qayoqqa, ota-onanggiz etiborining isboti bolgan bu narsani qadrlab, avaylab asraysiz, shundaymi? Fikrim togriligidan hursandman, ana endi qarang, men ham yaxshi korganim Allohdan har kuni har xil sovga olaman va bu sovgalarni son-sanogiga yetib bolmaydi. Asosiy sovgalarim esa turmush ortogim va farzandlarim. Xosh nega endi men, ozim yaxshi korgan Zotdan menga berilgan sovgalarni har yoqqa uloqtirishim kerak, ahlatga otishim kerak, nega endi asrab-avaylab, qadirga yetmasligim kerak, nega?  jilmayishni ketini uzmasdan tugatdi. Nilufar nima deyishni bilmas edi. Keyin bitta bahona topganday boldi va bu hammasi Islomning stereotiplari hisoblanadi menimcha, deb qoydi.

Mursalina biroz jilmayib turdi va javob qaytardi.

 Hammamiz unaqada qaysidir stereotipning asosida yashaymiz, albatta unda sizning mantiqinggizdan kelib chiqsak, siz ham qanaqadir stereotipga asoslangan holda mening stereptipimga fikr bildiryapsiz. Farqi shuki siz nazarda tutgan olamni men ham bilaman, tushunib yetganman, ammo siz men yashayotgan olamni oxirigacha anglash bir joyda tursin, shu tushunchani yoniga ham yaqinlashmagansiz  Mursalinaning jilmayishi ozgina yoqoldi  garbdagi biz feministmiz, biz hohlaganimizni qilamiz, deb bong urayotganlarni qollarining barmoqlarini orasidan ham, men va menga oxshagan itoatkor, oldidagi masulyatni quli bolib yashayotganlarni qollarining barmoqlari orasidan ham qum changlari tushib ketyabdi. Farqi shundaki, bizlar anglab yetganmiz, nega qumni tushayotganini va uni hamma joyga sochib tashlamaymiz, aksincha ular bir barqaror joyga tushyabdi va ertaga biz qolimiz oxiri kuchdan tolganda, osha qolimiz yumshoq tushadigan joyi boladi  honaning oynasidan koringan bolalariga qarab qoydi  Garbdagilar ham biladi shu qumlarni tushayotganini, lekin ular anglab yetmagan nima sababdanligini va qum tushayotgan ekan, demak qolim bitta joyda qotib qolmasin, deya qollarini har tomon harakatlantirib, qumni har joyga sochib tashlashadi. Oxir-oqibat ozlari ham bilmaydi, qollari qayerga qulayotganini va qanday qulaganini ham. Gaplarimdan hafa bolmang, umid qilamanki sizga bu gaplarim bilan ozor bermadim, kechirasiz endi bolalarimdan habar olay, xojayinim hozir chiqib qolsalar kerak  deya Mursalina ornidan turib ketdi.

Nilufar nima oylash kerakligini bilmas edi. Mursalinaning jahli chiqqanini payqadi, aslini olganda ozi aybdorliginiyam bilardi. Ozi birinchi itoat haqida savol berdi va stereotip deya uning his-tuygulariga qarata tosh otdi. Hafa bolishga haqqi ham yoq edi. Hozirgi onda Nilufarni ayollik hislati, yuragining qaysidir bolagi Mursalina gapirgan haqiqatlarni tan olayotgan edi, biroq Mursalina allaqachon payqagandaka u garbga mos hayotga katta bolgan onggi teskarisini aytayotgan edi. Bir necha daqiqa ichida u ozini yomon his qila boshladi. Nimagadir kongli sekin aynishni boshladi. Qarasa Nurali aka boshqa bir honaga kirib ketganiga endi 10 daqiqa bolibdi. Majburlikdan borib Nurali aka kirib ketgan honani taqillatdi, hech qanaqa javob kelmadi. Eshik sal qiya ochiq turganiga boshini ichkariga kirgazishga qaror qildi, kechirim sorab ketishini aytish uchun. Boshini shunday kiritgan edi, yuzi ong tarafdan Nilufarga qaragan holda kimdir yerda otirar edi. Bu Nurali aka edi, u namozni tugatib duoda otirgan edi. Nilufar birinchi taniy olmadi, chunki bu namozda otirgan va boya intervyuda, korxonada yurgan kishi umuman farq qilar edi. Katta intizomli, jiddiy, goyo togni ichiga yutgan va haybati osmonlardek koringan Nurali akani ornida, bir bechora, xuddi haybati cheksiz bolgan hojasini oldida quli, qorquvda va bir vaqtning ozida hojasiga nisbatan ehtirom bildirib otirgan bir nochor odam otirgan edi. Nilufar ozini yomon his qilishini ham esdan chiqarib qoydi yoki yomon his qilishi tugagan edi. Nilufar tushunib yetgandi Nurali akani namozdaligini, ammo tushunmagan edi, nega shunaqa katta korxona egasi, shunaqa hayoliga ham sigmaydigan daromad, mol-dunyo sohibi ozini bunaqa his qilayotgan edi, nimaga oilasi bilanmas, nimaga namozda? Nilufar yana tushunib yetdi, Nurali akani shoshib ishim bor degani, oilasi kelishiga qaramasdan, hozir bunaqa ahvolda otirganiga, uning ishidan ham yaxshi koradigan narsasi shu namozligini. Nilufar musulmon albatta, islom dini haqidan ham habari bor, ammo bu yuzaki bilim bilan, goyo futbol haqida bilasanmi desa, uning hayoliga odamlar top tepib yurish hayoliga kelgandaka edi. U ham hozir islom dinini namoz oqish va yana roza tutish deb bilar edi. Lekin hozir unda savol paydo boldi, shu hozir 10 daqiqa ichida uchratgan ayol va erkakdan keyin, islom ozi nima degan? Boshini eshikdan olib, qogoz va qalam olib, qogozga ketganini va intervyu uchun minnatdorlik bildirib, uzr ham soradi, shaxsan xayrlasha olmagani uchun.

Назад Дальше