Hadi. O’zbek tilida - Kurbanov Sardor 2 стр.


Bu hayotda, anglash kerak bolgan savol va javoblar juda kop, anglab olishga vaqt kam. Insonlar orasida «Sirning siri  samimiyatda» degan gap aylanib yuradi. Togri deyishdan boshqa iloj yoq, chunki hech qanaqa gina, arazsiz, samimiylik bilan kechgan hayot jannat «versiyasining kopiyasidir». Tan olish kerak soxtalik hamma yerda mavjud, yani mavjud bolib kelgan, mavjud bolib ketadi ham. Sabab, insonlar. Ozlari ham shu narsaga sababchi bolishadi, inson baxtga ham, teskarisiga (baxtsizlikka) ham erishishi uning oziga bogliq. Xullas, agar insonlar uni yoqotmasa yoki yoqotishga harakat qilmasa, shu vaqtinchalik hisoblangan «lekin», bir umrlikni kushandasi, desa ham boladi. Xullas, osha insonlarni yoq qilib tashlaydi. Bu oddiy korinib turgan narsa va miyaga kirishi ham oddiy. Buyam insonlarni oziga bogliq.

Agar insonlar hayotidagi asosiy narsaga erishishmoqchimi, oldin osha asosiy narsani aniqlab olishlari kerak. Togri aniqlamasa ham boladi, buyam albatta insonlarga bogliq. Maqsad hamma insonga tanish narsa hisoblanadi, biroq maqsad hamma insonda ham bolavermaydi. Agar insonda maqsad bolmasa, bu hayot shunchaki, hech qayerga chiqib bolmaydigan xonaga oxshab qoladi, yani shu xonadan ortiq hech qayerga chiqolmaydi, tort devorni ichida hamma hayotini kechiradi, lazzatiniyam, azobiniyam deyilardiyu, lekin bu shartmas, chunki shu tort devorni ozi bir azobni turi. Xullas, tashqariga chiqib korsa, undan ham zor hayot uni kutib turganini bilmaydi, bilsayam harakat qilmaydi. Tashqariga chiqish unaqa katta narsani talab qilmaydi, shunchaki bitta  ikkita qadam va olam guliston. Hamma inson maqsadni turlicha tushunishi mumkin, buni aybli tarafi yoq, hamma ham tajribaga birdan erishib qolmaydi. Tajribaga sekin  asta erishiladi. Tajribasiga ishongan inson, reallikni realikdan ajratib olgan va shunday davom etayotgan inson hisoblanadi. Maqsadni qaytadan korib chiqilsa, uni avvalambor oldin ajratib olish kerak, savol paydo bolar. Nimadan? Deyilsa misol uchun, havasdan, xayoldan, orzudan va shunga oxshagan hayotni inson uchun qoygan chalgituvchi ja qopqon yoki tuzoq deb bolmaydiyu, lekin yollaridan.

Maqsad deb orzuni, orzu deb maqsadni adashtirishni ozi hato yol. Misol tariqasida, u hali tugilmagan chaqaloqqa oxshaydi, undan keyin maqsadga togri yonalish berish, yani ismi yoq chaqaloqqa oxshaydi agar yonalish berilmasa, tugilganu, ism olmaganga. Bu hayot rostakam boladimi yoki abstrakt, buni farqi yoq, farq shuki, inson ozligini bilib olishi kerak, agar azgina bolsa ham bu haqida bosh qotirmasa, hayotida oziga faqat zarar berib yashaydi. Ozligini bilmagandan song, inson uchun har xil yollar oldida turadi, yaxshi va yomon ham shular toifasiga kiradi. Bu aytilmoqchi bolgan narsa, hech kim yaxshi yo yomon bolib tugilmaydi. Osha nima hohlagani bilmaganidan song, qaysi yoldan ketish kerakligini bilmaganidan song, oxir  oqibat ham ozlari, ham boshqalar achinadigan, lekin togirlab bolmidigan xatolarga yol qoyishadi.

Tan olish kerak, insonlar galati tabiat egasi hisoblanadi, bazida ozlari ham bilishmaydi, nima qilayotganini, nima qilish kerakligini va shularga oxshash barcha narsalarni. Bu haqida gap ketayotganini sababi, bu gaplaram bitta nuqtaga olib borib taqaladi, yani osha birlashishga. Chunki kimdir buyoda yolni bilmasa, boshqa kimdir osha yolni korsatadi. Yozilganidek, bu inson zotining tabiati. Bazi bir odamlar bor bolishi mumkin, katta ishlarga qodir, lekin odamlar birlashsa, ular hammasi buyuk ishlarga qodir bolishi mumkin, «mumkin» deyilganini sababi, agar ular harakatga kesalar, bu aniq bolib qoladi. Agar inson oz umri davomida togri yolni tanlasa, buyogi ham «avtomatik» tarzda, yani oz-ozidan togri yol bolib ketishi mumkin, teskarisi albatta teskarisi bolib ketishi mumkin. Va bu boshqalarga ham tasir qilib, shu tarzda davom etishi mumkin. Balki, togri, hayot bir tarozi pallasidir, bir gal bir tarafi, bir gal boshqa tarafi, tepaga  pastga tushib  chiqib turadigan. Agar insonlar sal bosayam, ancha ishga qodir miyalarini ishga solib, yaxshilab mulohaza qilib, bosh qotirib, nima qilsa foyda yoki zarar, nimaning asosida yashashyapti, nima otkinchiyu, nima otkinchimasni oylab korganlarida, hayotlari sal yengillashgan bolardi.

Keyin yana bazi insonlar, chetdan turib kimnidir kuchli, kimnidir kuchsiz, deb baho berishadi, nafaqat boshqalarga, ozlariga ham xuddi shu «diagnostika» qilishadi. Bu albatta savolmasu, lekin buni javobi bor, yani boshqa bazi odamlar ishonch, degan tushuncha bilan yashashadi. Togri shunchaki oddiy ishonch bilan emas, sal boshqacharoq, yani erta yaxshi boladi, degan ishonch bilan, shu zahotdan hammasi yaxshi bolib ketadi, degan ishonch bilan, jamiki «negativ» narsalar otkinchi, «pozitivlar» esa otkinchimas, degan ishonch bilan, nimaiki bolmasin, bitta kulgi bilan hamma narsani yengib otsa boladi, degan ishonch bilan, bizga kerak bolgan narsalar uchun va biz bormoqchi bolgan joylarga faqat shular orqali otsak, oddiy shunchaki otish bilan emas, ishonch bilan otsak yetishamiz, degan ishonch bilan yashashadi. Bu yolni bilish uchun, shunchaki shu yoldan ketish lozim, hech qanaqa shubhasiz, hech qanaqa toxtalishlarsiz va shundagina bilish mumkin yoki javobni olish mumkin. Balki bu yol sal pal qorqinchli tuyular, balki haqqattanam shunaqadir, lekin, biroq, insonlarda shuning uchun ham ishonch, degan tushuncha va oddiy tushunchamas, juda katta manoga ega tushuncha bor. Bu tushunchani boshqacha ataladigan qarindoshlari ham bor, misol: chidam, sabr, hohish va yana juda kop sozlarni misol qilsa boladi.

Bir galati gap eshitilishi mumkin, «hamma narsa, hamma narsa bilan bogliq». Bu ham oz  ozidan malum boladi, ozligini bilib olish bilan bogliq, oldinroq yozilganidek, boshqacha ozligini bilib olishmas, shunchaki nima hohlashini bilib olishdir. Dunyoda nimaiki bolmasin, hamma narsa bir  biri bilan bogliq, aloqador. Yana misol tariqasida, domino peshkalariga oxshaydi. Ularni turgizib qoyib, malum bir yonalishga qoyilsa, undan song bittasiga tegib yuborilsa, qoganlari ham qulashda davom etadi. Buni tasavvur qilish qiyinmas. Togri bu yerda, bazilarda savol bolishi mumkin, oddiy savolmas, orinli savol. Uni chertib yuborishdan oldin, ular osha yonalish boyicha taxlanishi kerak, xosh bu qanday boladi? Javobi oddiy, tugilish, yani insonlarning tugilishini ozi, bu misoli, shu domino peshkalarini taxlanishi. Insonlardan esa, shunchaki chertib yuborish talab qilinadi va bu ham ularning ozlarini qolida. Hamma narsa insonlarni ozidan talab qilinganidan song, hamma narsa insonlarning ozlarini qolida boladi, boshqani emas, aynan har bir individual insonning qolida.

Insonlarga bu hayotda kop narsa kerak bolishi mumkin, lekin, asosiylaridan biri, bu «yaxshi hayotli yaxshi kelajakdir», «yaxshi kelajakli yaxshi hayot» ham baribir shu mano bolib chiqadi. Bu gapni shunchaki ozi, insonlarga eshitilishi bilan yoqadi, biroq «real versiyasiniku gapirmasa ham boladi. Togri bitta ikkita boshqacha dunyoqarashlilar ham uchrab qolishi mumkin, bu narsani balki yoqtirmidigan, balki qiziqish bildirmidigan, lekin bu muhimmas, chunki muhimi osha yaxshi hayot, boshqalarga nasib qilishi mumkinligi, agar osha boshqalar shuni hohlasa. Hayotni ozgartirish insonlarning ozlarini qollarida, hatto atrofidagi boshqalarni ham ozgartirish ozlarining qolida yoki ularga bogliq. Biroq insonlar ozgarsa, hayot ozgaradi, hayot ozgarsa, insonlar ozgaradi, har qanaqasiga baribir insonlar yutadi va bu yutiq eng yaxshi yutuqlardan biri hisoblanadi. Shuniyam aytish kerakki, qaysi birini qilish kerak, deb oylab otirish shartmas, shunchaki bu yerda harakat kutiladi, shunchaki oddiymas, shunchaki yurakdan chiqib yurakka boradigan harakat. Buning uchun inson oldin ozi ozgarishi, nimani boshqalarga his qildirmoqchi bolsa, oldin ozi ham shularni his qilgan bolishi, bu orqali ozi nimaga erishdi va boshqalarni nimaga erishtirmoqchi, ozining bu hayotda yaxshi nafas olib chiqarayotganidan song, boshqalarga ham shu nafasni berishga harakat qilmoqchi bolganidan keyin va shunga oxshash narsalar sababli, ozgartirishga duch kelishi kerak.

Togri inson hayotga bir marta keladi va bu hayotda, ortiqcha sozlarsiz aytganda, yashab qolish kerak, oddiymas, yaxshi va juda yaxshi yashash kerak. Savol paydo boladi, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak yoki qanday yashasa boladi? Kimdir konglidagi, ozi hohlagan ishni qilishi kerak desa, kimdir pul kerak degan «konsepsiyalarga ishonishadi, albatta bu hammasimas, hamma oziga yoqqan, maqul bolgan gapni aytadi. Lekin eng avvalo, yashashni yaxshi yoki yomoni bolmaydi, chunki inson nafas olayotganligining ozi bir baxt.

Agar bu nuqtalar nimaga bu yerda turibdi deb, savol berilsa, bu misol. Odam hayotida nafas olganda har holda uning hayoti shunaqa nuqtalardan tashkil topadi, agar nafas olish bolmasa, demak shu nuqtalar ham bolmaydi. Yashash uchun yaxshi yashash shartmas, shunchaki nafas olayotganligini bilib shukronalikda umr kechirishni ozi yaxshi yashash «versiyalarining bosqichlaridan biri. Yashashni bir anana deb olinsa, boshqa insondan topshirilgan ananani, osha boshqa inson davom ettirish baxtiga erishadi. Albatta vaqti  soati kelganda ular ham, buni boshqalarga topshiradi. Insonlarga berilgan topshiriq bu yerda shuki, osha anana boshidan qanaqa boshlangan bolsa, shunaqa tugatish kerak. Albatta bu yaxshi boshlangan, buni hamma biladi, xullas, yomon ozgartirishlarsiz, yaxshi, boshqalarni ham shu davomda davom ettirishga undash kerakdir. Togri har bir hayotni oz egasi bor, lekin qaysi insonga yoqmas ekan, togri, yaxshi hayot.? Va yana albatta, kamdan kora, kop insonlarga bu yoqadi, buni matematik hisoblab chiqish shartmas, shunchaki oylash kerak yoki fikrlash. Agar bu javob bololmasa va yana, yaxshi yashash uchun nima qilish kerak? deb, savol berilsa, yana javob bor, oddiy javob, shunchaki togri yashash kerak. Togri yashalgan hayot bu soxtalikmas, xulosa oz  ozidan malum. Hatto, pul yordamida, ozi hohlaganday yashashni hohlaydiganlar uchun va boshqa har xil «konsepsiyalarga egalar uchun ham, soxtalik soxta, kerakmas narsa hisoblanadi va yoqmaydi. Bularda ham ajratilgan holatlar ajratilib turadi.

Osha aytilganidek, yashashni ozi bir baxt, shu yashab turgan bir paytda har xil «negativ narsalarga berilish bu, hayotdagi jamiki ozgarishlarni, gozalliklarni korishga halaqit beradi. Hatto shu hayotda bolib turadigan tashvishlarni ham korish hayotning bir gozalligi deb bomidiyu, lekin shularsiz gozalliklarniyam korib bomidi, bu haqiqat. Sovuqdan tashqari issiqlik borligini va issiqlikdan tashqari, sovuq borligini bilish uchun ikkalasini ham qanaqaligini korish kerak. Tan olish kerak, hayotda yomon kunlar ham boladi, hayot shunisi bilan hayot, Hudo bu narsalarni sevgan bandasiga beradimi, sevgan bandasini har xil narsalardan ehtiyot qiladimi, bu narsa baribir berilgan, albatta shu bilan birga, baxt ham berilgan va bu chegarasiz holda. Qorongilikdan kora yoruglik kop va buni hamma biladi, bilib turib, azgina otkinchi tashvishga berilib, baxt degan tushunchani unutib qoyishadi. Buni eslashadi, qachonki, shu tushuncha ularda mehmon bolsa, undan keyin yana «negativ mehmon bolsa, shu oqim tomon ketishadi. Oqim qaysi tarafga oqizsa shu tarafga qarab olga, ozlari fikrlab boshqa tomonni oylab korishmaydiyam, balki bazida oqimga qarshi suzish togri bolar, iloji yoqdek tuyulsa ham. Xop mayli, «negativga komilib qoldi deylik, lekin bu degani hayot tugadi deganimasku, hayot qachon tugidi, qachonki nafas olishi tugasa. Ungacha esa yashashni ozi bir baxt, shu dunyodagi gozalliklarni korib turganini ozi bir yaxshi yashash, albatta otkinchi bolsa ham yoki hammasini ozini chegaralangan vaqti bolsa ham, yaxshi yashashga bular halaqit bera olmaydi.

Inson hech bolmaganda, bir marta bolsa ham, oz umri davomida nafas olib turgani uchun minnatdorchilik bildirishi kerak. Mayli kimdirlar noshukrlik qilishar, lekin shuni ham bir analiz qilib oylab korish kerakki, osha noshukrlik bilan shugullanayotgan insonlarga nisbatan, boshqalarda hatto shunaqa noshukrlik qilishga bunaqa imkoniyat ham yoq, yani noshukrlik qilayotgan insonlar hatto noshukrlik qilish imkoniyatiga, shu daqiqalarga egaligi uchun ham minnatdorchilik bildirishlari kerak. Bu haqiqatni anglashni ozi bir, yaxshi yashash hisoblanadi. Balki kimdirlar oylar, bunaqa chiroyli gaplar ortida mano bolmaydi deb, lekin, biroq, agar ortida mano bolmaganda, bu gaplar bunaqa chiroyli bolmasdi. Shuning uchun ham hayotni chiroyli qilishga harakat qilish kerak. Bu chiroyni paydo qilish uchun esa, togri yashash kerak, a bu uchun esa nima togri, nima notogri, nima soxta yo nima haqiqiyligini ajratishni bilish kerak. Bu juda kop narsani talab qilmaydi, talab qiladigani, shunchaki, azgina fikrlash va tamom. Bir tomondan lekin, birlashib yashash ham, yaxshi yashash alomatlaridan hisoblanadi. Chunki bu togri qaror hisoblanadi va aytilganidek, togri qaror ham, yaxshi yashash alomatidir. Yana misol korinishida aytiladigan bolsa, bitta shagam olinsin, bitta shagamni ozi, oziga belgilangan darajada masofa yoki joyni yoritadi, endi esa ularni 45 tasi, 5060 tasi, 100 tasi yoki undan ham kopichi? Albatta, qancha kop bolsa, yoruglik ham shuncha kop boladi. Va yana albatta, bu yoruglik, faqat bittasi uchun chegaralanib qolmaydi, boshqalar uchun ham boladi. Ozi osha shagamlarni vazifasi, zulmat, qorongilik ichida yoritilish, yoritib turish, shuni ham insonlarga oxshatsa boladi, agar oylab korilsa, oxshash tarafalari topiladi.

Agar insonlar oz tabiatini ozgartirishsagina, ozlariga yaxshilik qilgan bolishadi. Bu yerda albatta, boshqa «obrazga kirib yashash manosidamas, shunchaki qilishlaridan kerak bolganidan bittasi, togri qadam bolishi kerak bolgan joyda notogrisini qoymasliklari kerak, balki zarur. Bazida ulardan talab qilinadigani shu, lekin ular teskarisini qilishadi va yana savollar bilan nafaqat ozlarini, balki boshqalarni ham boshlarini qotirishadi. Agar togri ishni, togri vaqtda, togri qilishsa hayotda ozlarini savollari sal kamayardi. Va shu narsa, ularni baxti uchun xizmat qiladi. Yana va yana, misol tariqasida, kimdir yordam qolini chozsa yoki oddiy bir maslaxatni qabul qilisha olishmasa, bu yomondanam battar yomon. Keyin yana insonlar bir  birlari bilan soxtalikmas, samimiylik orqali murojot qilishsa, hozir yashayotgan olam jannat bolardi, faqat shu yerdagisi bolardi. Oldin aytilganidek, soxtalik bu vaqtinchalik hisoblanadi, samimiylik esa abadiyat sari qoyilgan qadamdir. Uni shunaqa qilib tasvirlashni ozi ham yetadi, ortiqcha bezaklarsiz. Bu yerda lekin birlashib yashash kerak degan gap shartmas, chunki samimiy yashashni ozi birlashish uchun kerak bolgan narsa, yani buni unaqasigayam oqisa ham, bunaqasigayam oqisa ham, bir xil mano beradigan sozlar deb tassavvur qilsa boladi. Qancha birgalikda yashashga harakat qilgani bilan, ichi qoralik, dushmanlik, soxtalik bilan yashasa, foyda umuman nol, nol esa korinishga ega bolgani bilan ozi yoq degani. Foyda qachonki, tabiiy narsa bolsa boladi va osha insonlarning ichlarida yashiringan samimiylik esa, xuddi osha tabiiy narsa hisoblanadi. Va, bu tabiiy narsa boshqa bir tabiiy narsalarni hosil qilishga qodir, qiziq tuyulsa sinab korish mumkin. Qayerda bolmasin, hamma yerda inson boshqa bir chetdan, uzoqdan, lekin asli ozi yaqin bolgan va hatto bolmagan insonga muhtoj boladi, yani bolib yashaydi, bu fakt. Insoniyatning tabiati shuni talab qiladi.

Назад Дальше